Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
92 nib, nasihat qilmoqchi bo‘lganligini fahmladim. Yangi usul ta’limiga qarshi bo‘lmasa ham, lekin yangi maktablarning din darslarini esdan chiqarib qo‘yayotganliklaridan shikoyat qila boshladi. Uning so‘ziga qaraganda, shu vaqtga qadar Zaynilar maktabiga bir qancha muallima kelib ketibdi, lekin afsuski, hech biri Qur’oni karimni, ilmu holni yetarlik darajada bilmas ekan. Oqsoqol afandi Xaticha xonimdan mamnun ekanligini so‘zladi. Men bu diniy darslarni yana shu soliha, oqila, obida xotinga havola qilib, o‘zim boshqa darslarni o‘qitsam, qish- loqni haddan ziyod xursand qilgan bo‘larmishman. Men bu nasihatlarni eshitib o‘tirganimda, ichkaridan yog‘och kavushning taraqlab ke- layotgani eshitildi. Oqsoqol afandi ikkalamiz o‘rnimizdan turdik. Eshik orqasida temir tamba shiqirladi, keyin dag‘al bir ovoz: — Kim u? — deb baqirdi. — Biz, Xaticha xonim. B... dan bir xo‘jonim kelibdi. Xaticha xonim baland bo‘yli, yuzi yapaloq, yetmish yoshli kampir ekan. Xinaga bo‘yal- gan sochlari ustidan yashil ro‘mol o‘rab olibdi. Xiyol bukri egnida xudojo‘y xotinlar kiya- digan qoramtir chopon bor. Yo‘nilgan toshdek qattiq, bug‘doyrang yuzida odam ishon- maydigan darajada yosh ko‘zlari porillab, oppoq tishlari yiltillab turardi. U chodra tagi- dan yuzimni ko‘rishga tirishib: — Xush kelibsan, xo‘jonim, kira qol! — dedi. Ko‘chaga chiqish taqiq qilingandek, bir qo‘li bilan eshikka tiranib, ikkinchi qo‘li bilan yuklarimni oldi. Keyin eshikni yana tambalab, meni ichkariga boshlab kirib ketdi. U oldinda, men orqada bog‘chadan o‘tdik, maorif mudirining zo‘r fidokorliklar bilan yangidan barpo qilgan maktab binosi ham narigi yoqda ko‘rgan uylarimning xuddi o‘zgi- nasi edi. Faqat pastki qavatdagi ustunlar atrofiga qoqilgan va hali qorayib ulgurmagan taxtalar bu yerni sinf qilgan edi. Eshikdan kirayotganimda Xaticha xonim meni qo‘limdan ushlab to‘xtatdi. — To‘xta, qizim, — dedi. Men qo‘qqisdan cho‘chib ketdim. U lablarini pichirlatib duo o‘qigandan so‘ng: — Yur, qizim, bismillo deb o‘ng oyog‘ing bilan kir,— dedi. Pastki qavat zindon singari qop-qorong‘i edi. Kampir meni qo‘limdan ushlab, bir torgi- na sahndan olib o‘tdi. Eskirganidan pog‘onalari liqillab turgan qorong‘i bir zinapoyadan olib chiqdi. Yuqori qavat bir vayrona dahlizdan va deraza eshiklari mahkam yopilgan kat- takon xonadan iborat edi. Maorif mudiri maqtagan muallimalar yotog‘i shu ekan. Xaticha xonim yukni yerga qo‘ydi-da, uyning bir burchagida javonlik vazifasini o‘tov- chi eski o‘choq ichidan bitta chiroq olib yoqdi. — Bu yil uyda hech kim turmagani uchun chang bosib yotibdi. Xudo xohlasa, ertalab turib tozalayman. Bu bechora xotin maktabning eski muallimasi emish. Maorif bo‘limi maktabni bu ahvolga keltirgach, uni ko‘chaga chiqarib tashlashga ko‘ngli bo‘lmay, ikki yuz qurush oy- lik bilan shu yerda olib qolibdi. Yarim muallima, yarim xodimadek bir gap. Xaticha xonim men nimani xohlasam, shuni qilishga tayyor ekanligini aytdi. Boyoqish xotinning mendan qo‘rqayotganligini sezdim. Har nima bo‘lganda ham uning boshlig‘i hisoblanaman. Men birovga yomonlikni ravo ko‘radigan qiz emasligimni bir ne- cha og‘iz so‘z bilan tushuntirganimdan so‘ng xonani ko‘zdan kechira boshladim. Eskirganidan ilma-teshik bo‘lib ketgan mog‘or devor qog‘ozlari, yomg‘irdan, zaxdan chirib, taxtalari qop-qorayib ketgan ship, bir burchakda yiqilib vayron bo‘lib yotgan o‘choq yonida qiyshiq bir karavot. Demak, bundan so‘ng hayotim mana shu xonada o‘ta- di! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling