Microsoft Word Давлат мулки ижараси шартнома лойихаси 13 04 2023. docx
IV. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
Download 132.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Ijara shartnomasi namuna
IV. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
4.1. “Obyekt”dan foydalanganlik uchun ijara haqi “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni dalolatnoma asosida qabul qilib olgan kundan boshlab hisoblanadi. 4.2. “Ijaraga beruvchi” “obyekt” belgilangan muddatda dalolatnoma asosida qabul qilib olinishi uzrli sababsiz kechiktirganda ijara haqini hisoblash shartnoma tuzilgan (imzolangan) kundan boshlab hisoblanadi. 4.3. “Ijaraga oluvchi” “obyekt”dan faqat “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan rasmiylashtirilgan elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan faoliyatlar turini amalga oshirishda foydalanadi. 4.4. “Obyekt”dan belgilangan faoliyat turlaridan boshqa yo‘nalishda foydalanish taqiqlanadi. 4.5. Elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan faoliyatlar turini o‘zgartirish faqat ushbu obyektni auksionga qayta joylashtirish orqali amalga oshiriladi. 4.6. Shartnomaga tomonlar imzolangan kundan keyin 5 (besh) ish kuni ichida “online- ijara.uz” dasturida qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali quyidagi ilovalar rasmiylashtiriladi: 1-ilova - “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi; 2-ilova - “Obyekt”ning joriy yil yakuniga qadar hisoblangan ijara to‘lovi miqdori hamda ijara haqini to‘lash muddati va taqsimoti. 4.7. Shartnoma unga qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali 1- va 2-ilovalar rasmiylashtirilib, imzolanganidan keyin “Ijaraga beruvchi” tomonidan “online- ijara.uz”dasturida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 4.8. Shartnomaga qo‘shimcha kelishuv 5 (besh) ish kunlik muddatda rasmiylashtirilmaganligi shartnoma kuchga kirmagan deb hisoblanishiga va amalda qo‘llanilmasligiga sabab bo‘ladi. 4.9. “Ijaraga oluvchi” tomonidan “obyekt”da “Balansda saqlovchi”ning roziligi asosida va “Ijaraga beruvchi”ni ogohlantirgan holda mukammal (kapital) ta’mirlash ishlari amalga oshirilganda, mukammal (kapital) ta’mirlash xarajatlari Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari o‘tkazgan ekspertiza xulosasi asosida “Balansda saqlovchi”ga ajratiladigan ijara to‘lovi summasini kamaytirish hisobiga qoplanadi. Download 132.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling