Microsoft Word Давлат мулки ижараси шартнома лойихаси 13 04 2023. docx


VI. BALANSDA SAQLOVCHINING IJARA OBYEKTIGA TEGISHLI


Download 132.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana03.11.2023
Hajmi132.16 Kb.
#1743064
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ijara shartnomasi namuna

VI. BALANSDA SAQLOVCHINING IJARA OBYEKTIGA TEGISHLI 
HUQUQLARINI TA’MINLASH 
6.1. “Obyekt” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berilganda “Ijaraga beruvchi” 
ijara munosabatlarida “Balansda saqlovchi”ning mulkiy huquqlari buzilmasligi uchun o‘zi 
orqali qonunchilikda belgilangan manfaatlari himoyasida harakat qilishini ta’minlaydi. 
Bunda, “Ijaraga beruvchi” o‘zining shartnomaviy huquqlaridan foydalanishdan voz 
kechmaydi va majburiyatlarini bajarishni zimmasidan soqit qilmaydi. 
6.2. “Balansda saqlovchi” ijaraga berilgan mulkka nisbatan “Ijaraga beruvchi”ning 
ruxsati bilan yoki xabardorligida ijara obyektiga nisbatan mulkiy huquqlarini amalga 
oshiradi hamda shartnomada belgilangan vazifalarini bajaradi. 
6.3. “Balansda saqlovchi” shartnomada belgilangan vazifalarni bajarmagani oqibatida 
“Ijaraga oluvchi”ga, “Ijaraga oluvchi” shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagani oqibatida 
“Balansda saqlovchi”ga yetkazgan zararlarni ixtiyoriylik asosida qoplaydi. Kelishuvga 
erishilmagan taqdirda, zararni qoplash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud 
orqali amalga oshiriladi. 


6.4. “Balansda saqlovchi” “Ijaraga oluvchi”ning ijara “obyekti”dan foydalanish 
imkoniyatini cheklamagan holda “obyekt”ga nisbatan qonunchilikda belgilangan mulk 
huquqini saqlab qoladi. 
VII. IJARA NARXI VA TO‘LOVI TARTIBI 
7.1. “Ijaraga oluvchi” shartnomada ko‘rsatilgan “obyekt”dan foydalangani uchun 
tegishli organ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimi)ning shu yil uchun “Davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara 
to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hisoblangan
shartnoma qo‘shimcha kelishuvining 2-ilovasida belgilangan muddat va miqdorlarda 
“Ijaraga beruvchi”ning tranzit hisobraqamiga 100 (yuz) foiz oldindan to‘lash tartibida ijara 
haqi to‘laydi. 
7.2. Ijara shartnomasi bo‘yicha birinchi to‘lov shartnoma “Ijaraga beruvchi” tomonidan 
ro‘yxatga olingan kundan boshlab 10 bank ish kuni ichida, keyingi to‘lovlar agarda to‘lovlar 
grafigi oylar kesimida taqsimlangan bo‘lsa har oyning 10-sanasidan, choraklar kesimida 
taqsimlangan bo‘lsa har chorak birinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmasdan amalga 
oshiriladi. 
7.3. Shartnomaning amal qilish muddati keyingi yilga o‘tganda yoki uzaytirilganda, 
ijara haqi miqdorini o‘zgartirish haqida kelishuv (shartnomasi) tuzilib, unda ijara haqi to‘lovi 
miqdori ijara haqi stavkalarining eng kam miqdori o‘zgarganiga mutanosib tarzda 
o‘zgartiriladi. 
7.4. “Ijaraga oluvchi”ning keyingi yilga belgilangan ijara to‘lovi miqdori avvalgidan 
yuqori belgilanishidan norozi bo‘lib, shartnomani o‘zgartirish haqidagi kelishuv 
(shartnoma)ni imzolashdan bosh tortganligi shartnomaning amal qilish muddati keyingi 
yilga uzaytirilmasligiga asos bo‘ladi. 

Download 132.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling