Microsoft Word Давлат мулки ижараси шартнома лойихаси 13 04 2023. docx
II. SHARTNOMANING KUCHGA KIRISHI VA AMAL QILISHI
Download 132.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Ijara shartnomasi namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. “OBYEKT”NI IJARAGA BERISH VA QAYTARISH TARTIBI
II. SHARTNOMANING KUCHGA KIRISHI VA AMAL QILISHI
2.1. Bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tuzilgan shartnoma “Ijaraga beruvchi” tomonidan belgilangan tartibda hududiy boshqarmada ro‘yxatga olingan kundan kuchga kiradi. 2.2. Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan yoki amal qilish muddati keyingi yilga uzaytirilgan shartnoma qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan kuchga kiradi. 2.3. Shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish “Ijaraga beruvchi” tomonidan ilovalarini tasdiqlash haqidagi qo‘shimcha kelishuv imzolangan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida amalga oshiriladi. 2.4. Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi uning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi. 2.5. Shartnoma kuchga kirgan kunidan _____________________________ kunigacha bo‘lgan muddatda amal qiladi. III. “OBYEKT”NI IJARAGA BERISH VA QAYTARISH TARTIBI 3.1. “Balansda saqlovchi” “Ijaraga beruvchi” ishtirokida “obyekt”ni (onlayn – auksion savdosiga chiqarilgan holatida) 5 (besh) ish kuni ichida “Ijaraga oluvchi”ga foydalanishi uchun (to‘liq) dalolatnoma asosida topshiradi. 3.2. “Ijaraga oluvchi” ijara muddati tugaganda, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda “obyekt”ni 5 (besh) ish kuni ichida “Balansda saqlovchi”ga soz va but holatida dalolatnoma bilan qaytarib topshiradi. 3.3. “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish va qaytarish-qabul qilish “Balansda saqlovchi”, “Ijaraga oluvchi va “Ijaraga beruvchi” tomonidan elektron raqamli imzo bilan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 3.4. “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish yoki qaytarish – qabul qilish dalolatnomasi taraflarning vakolatli rahbarlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan imzolangan kunda “obyekt” topshirilgan, qabul qilingan hisoblanadi. Dalolatnomada tuzilgan sana, shartnomasining rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) va “obyekt”ning texnik holati ko‘rsatiladi. 3.5. “Obyekt” qaytarib topshirilayotganda kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari) “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni shartnoma shartlariga muvofiq holatga keltirgungacha yoki yetkazilgan zararni qoplagungacha “Balansda saqlovchi” uni qabul qilishni rad etishga haqli. Bu muddatda shartnoma asosida ijara haqi hisoblanib, to‘lov davom etadi. 3.4. “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni shartnomaning shartlariga muvofiq belgilangan muddatda qaytarmagan taqdirda, buning oqibatida yetkazilgan zararni, shu jumladan “obyekt”dan foydalangan davri uchun hisoblangan ijara haqini “Ijaraga beruvchi”ga to‘lab beradi. Download 132.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling