Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Metodika (fan sifatida) - xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Munozara


Download 0.74 Mb.
bet63/67
Sana16.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1496404
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
,0000063

Metodika (fan sifatida) - xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi.
Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta'sir ko‘rsatish asosida ularda ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.
Nazorat (ta'lim jarayonida) - ta'lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
Nazariya va amaliyotning birligi tamoyili - nazariy bilimlarning hayotga, amaliyotga bog‘lanishini kengaytira borishni talab qiluvchi tamoyil.
Olam haqida shartli tasavvur - dunyoning yaxlit manzarasi, bolaning olingan bilimlarga shaxsiy munosabati, shuningdek, ularnni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llash malakalarini shakllantirish.
Oila tarbiyasi - ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas'ul shaxslar) tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog‘lom etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Oliy ta'lim - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriat hamda magistratura) da tashkil etiladigan hamda mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta'lim bosqichi. ,
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim - jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim - kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy- tadqiqot muassasalarida tayanch doktorantura va doktoranturada ta'lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladigan ta'lim bosqichi.
Oraliq nazorat - o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini aniqlash, baholash shakli.
Pedagog kadrlar tarkibi - o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, radiotexnika, sport va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi to‘garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling