Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Bolalarni oilada maktabga tayyorlashda kun tartibining ahamiyati


Download 33.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/82
Sana23.09.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1686448
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82
Bog'liq
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Bolalarni oilada maktabga tayyorlashda kun tartibining ahamiyati. 
Olti 
yoshli bolalarni maktab faoliyatidagi kun tartibi juda murakkab vazifa 
bo‘lib, ayrim ota-onalar bu mas’uliyatni, ayniqsa, bola hayoti va maktabgacha 
yoshdan o‘tish davrida muhimligini his kilmaydi. O`qish davrini birinchi yili 1-
sinf o‘quvchilariga katta talab qo‘yiladi. Bola mehnat tizimiga tayyorlanadi, unda 
yangi majburiyat va mas’uliyatlar paydo bo‘ladi. Unga belgilangandanda ko‘proq 
harakatlanish to‘g‘ri keladi. Oila tashkil qilib bergan barcha kun tartibi va maxsus 
shug‘ullanish hamda idrok etishga bog‘liq ta`limiy faoliyat bolani maktabda 
o‘qishga yaxshi tayyorlash mumkin. Bolalar uchun to‘g‘ri tashkil etilgan bir kunlik 
kun tartibini uni nafaqat bilimiga, balki sog‘ligini mustahkamlashga 
yordam 
beradi. 
Kun tartibini birdaniga o‘zgarishi bola ruhiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Ota-onalarga kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish uchun birinchi jadval 
yordam 
beradi. 
Olti yoshli bolaning oiladagi taxminiy kun tartibi.( 1-jadval) 
Tartibli lahzalar
Vaqti 
Uyqudan turish, ertalabki badantarbiya, yuvinish.
Nonushta 
Sayr 
Mashg‘ulot 
Sayr, o‘yin va ko‘ngil ochish toza havoda
8-00-8.45 
8-45-9.15 
9-15-10-00 
10-00-11-00 
11-00-12-45 


110 
Tushlik va kundo‘zgi uyquga tayyorgarlik
Kunduzgi uyqu 
Mashg‘ulot 
Sayr 
toza 
havodagi 
o‘yin
Tinch o‘yin 
Kechki uyquga tayyorgarlik, yuvinish, tishini 
tozalash 
Uyqu 
12-45-13-00 
13-00-15-00 
15-00-16-30 
16-30-18-00 
18-00-20-00 
20-00-20-30 
20-30 
Kun tartibi umumiy ko‘rsatkich asosida olinib: kunduzi va kechki uyqu, 
gigiyenik tayyorgarlik, yetarlicha toza havodagi faol harakatdan turli 
mashg‘ulotlarni olish bu navbatma navbat almashtirish va ovqat ratsionidan iborat. 
Me’
yoridagi uyqu vaqtida bola organizmi dam oladi uni ishchanlik qobiliyati 
tiklanadi. Sog‘lom bolani har kuni bir vaqtda uxlashga o‘rgatsak, tezda ko‘nikib, 
uxlab qoladi. Belgilangan vaqtga bolani uxlashga va uyg‘onishga odatlantirish juda 
muhim. Uyqudan oldin asosan kechki uyqudan oldin bola tinch va xotirjam 
bo‘lishi kerak. Uyqudan oldin kattalar bolalarga kiyimlarini va o
yoq-kiyimlarini 
saranjomlashga o‘rgatadilar. Keyin bolalar umumiy gigiyena qoidalarini amalga 
oshiradilar.Nafaqat gigiyena orqali emas, suv bilan chiniqish asab tizimiga ta’sir 
ko‘rsatadi.Bu har kuni bir vaqtda amalga oshirilsa, bola tezda uyquga ketishiga 
yordam beradi. Bola o‘rni ozoda, juda qattiq ham yumshoq ham bo‘lishi kerak 
emas.Shu kabi tovushlar, chiroq, radio ovozi, qattiq gaplashish bola uyqusiga 
xalaqit beradi. Bola tez-tez shamollatib boriladigan xonada uxlashi zarur. Sovuq 
kunlarda xona harorati +18 gradus bo‘lishi kerak. Kechki uyqu 11.5, 12 soatga 
cho‘zilishi mumkin. Maktab 
yoshidagi bola har kuni kamida 4 soat ochiq havoda 
bo‘lishi shart. Ochiq havoda bolani yurishi uni hayotiy jara
yonlarini (moddalar 
almashinuvi, nafas va yurak qontomir tizimiga)chiniqtirish faoliyatini kuchaytiradi. 
Qishda sovuq havoda bolalarni ochiq havoda bo‘lishi kamaytiriladi, 
yozda esa 
bolalar ko‘proq kun davomida ochiq havoda bo‘lishlari zarur. Bolaning kuni 
ertalabki badan tarbiyadan boshlanishi kerak.Jismoniy mashq bolalarda kuch va 
qiziqish uyg‘otadi. Badantarbiyadan keyin bolalarda chiniqish holatlari: xo‘l 
sochiqqa artinish 
yoki sovuq suvda yuvinish olib boriladi. So‘ngra bola kiyinadi, 
tishini tozalaydi, yuvinadi. Sochini tartibga soladi. Shaxsiy gigyiena qoidalarini 
kuzatishda bolani sog‘ligini saqlashga e’tibor berishi shart. Ayni maktabgacha 
yoshda bo‘lgan bolalar murakkab bo‘lmagan yangi madaniy-gigiyenik bilimlarni 
juda tez o‘zlashtiradi. Bolalarga gigiyenik yangi bilimlarni o‘rgatishda ota-onalar 
shaxsiy xulq-atvorlari, bolalarga namuna bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Bolada 
yuz va qo‘li uchun alohida, o
yoq uchun sochig‘i, tish cho`tkasi, va tish pastasi 


111 
bo‘lishi shart. Tishlarni har kuni ertalab va kechqurun tozalash kerak. 
Bola hayotining 8-yilida kun tartibida ona tili mashg‘uloti, hisoblash, tasviriy 
faoliyat, loy ishi, qurish-yasash olib boriladi. Maktabdagi pedagog maslahati ota-
onalarga bolalari bilan o‘tadigan mashg‘ulotlar tarkibini aniqlashga 
yordam 
beradi. Bunday mashg‘ulotlar 1-sinf ishini o‘zlashtirishga tayyorlaydi. 
Amali
yotda tekshirib ko‘rilgan va o‘zini yoqlagan quyidagi mashg‘ulotni o‘tish 
davrlari va uning davomiyligi: 
Birinchi davr – 3 ta mashg‘ulot, 20 daqiqa , ular orasidagi 10 daqiqani 
tanaffus bilan.
Ikkinchi davr – 3 ta mashg‘ulot 25 daqiqadan, ular orasidagi 10 daqiqali 
tanaffus. 
Bu davrlarni 1,5-2 oyga o‘zaytirish mumkin. Olimlarning isbotlashicha, 6 
yoshli bolalarda faol diqqat davomiyligi 15-20 daqiqa. Shu mashg‘ulotdayoq 
bolalar charchaydi, ularning mehnat qobiliyati pasayadi va 10 daqiqa o‘tmaguncha 
ham tiklanmaydi. Shuning uchun ham 2 ta mashg‘ulotni: savodxonlik va hisobni 
ketma-ket berish maqsadga muvofiq emas. Yaxshisi, 2-mashg‘ulotni harakatli 
o‘yinlar bilan o‘tkazish kerak. Sayrdan keyin tushlik va uyqu oralig‘ida yana bitta 
mashg‘ulot o‘tkazsa, 3 ta mashg‘ulotni sekin-astalik bilan o‘tkazish kerak. 
Bola organizmi «ishga chiqishga» sekinlik bilan ta’mirlanadi. Bu davr 5-6 
yoshli 
bolalarning 80% ida 2 daqiqadan 7 daqiqagacha uzayadi. O‘rtacha hisobda 5-6 
daqiqa. Keyin ishchanlik qobiliyati yuqori darajada tiklanadi. Bu qobiliyat 
o‘zgarishi sog‘lom bolalar uchun belgilangan. Bolalar charchaganida ishchanlik 
qobiliyati va diqqati tarqoq bo‘ladi. Odatda, u tashqi ko‘rinishda, tez chalg‘ishida, 
havotirli harakatlarda seziladi. Kichik «jismoniy daqiqa» o‘tkazilishi bolalarni 
ishchanlik qobiliyati tiklanishiga imkoniyat yaratadi. Kerak bo‘lsa, mashg‘ulot 
yana 10-15 daqiqa o‘tkazilishi mumkin. Haftani o‘tishida bolaning ishchanlik 
qobiliyati xarakterini o‘zgarishiga olib keladi. Seshanba kuni 6 
yoshli bolalarda 
markaziy nerv tizimi funksional darajasi yaxshi bo‘ladi va ishchanlik qobiliyati 
juda baland ko‘rsatkich bo‘ladi. Chorshanbadan shanbagacha bolalarda qisqa 
mashg‘ulotlarda ham ishchanlik qobiliyati pasaya boshlaganini kuzatish mumkin. 
Dushanba ertalabki vaqt ishchanlik qobiliyati past bo‘ladi. Bunday ishchanlik 
qobiliyati o‘zgarishini inobatga olgan holda, bolalarga dushanda va shanba kuni 
tasviriy faoliyat, loy ishi, applikatsiya, qurish-yasash o`yinli ta`lim faoliyatlari 
o‘tiladi. Ta`limiy faoliyatdan avval xona shamollatiladi. Kattalar bolalarni ish 
stolini joylashishi va o‘lchamlariga e’tibor berish kerak. Stolni oyna oldiga 
shunday joylashtirish kerakki, 
yorug‘lik chap tomondan tushsin, maktabgacha 
yoshdalilar uchun, maxsus o‘quvchilar uchun o‘zgaruvchan o‘zunlik va qiya 
qopqoqqa ega bo‘lgan stolcha-parta kerak bo‘ladi. Stol o‘zunligi va stul 


112 
o‘lchamlari bola bo‘yiga mos bo‘lishi kerak. O‘lcham olishda uning kiyimlari 
inobatga olinadi. 

Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling