Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 Savol: Shukr nima? Uning ma’nosi va ado etilishi qanday bo‘ladi? Javob: Yaxshilik qiluvchining yaxshiligini mamnunlik ila e’tirof etishni ulamolar «shukr» deyishgan. Ular shukrning uch qismdan, ya’ni, qalb shukri, til bilan shukr va amaliy shukrdan iboratligini ham bayon qilishgan. Har bir inson o‘zining barcha holi, kuch-quvvati, sog‘-omonligi, boyligi, mansabi Allohdan ekanligini bilib, iqror bo‘lishi qalb shukridir. Shukrning bu turi barchaga farzdir. Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi:«Sizlar erishgan barcha ne’matlar Alloh taolodandir» (Nahl, 53). Til bilan shukr minnatdorlikda bo‘lish va sano aytish bilan ado etiladi. Vaz-Zuho surasi oxirgi oyatining taqozosi shunday. Toatlarni davomli ado etish va gunohlardan saqlanish amaliy shukrdir. Rasuli Akram (s.a.v.) namozda uzoq turishlari sababli muborak oyoqlari shishib ketardi. Buni ko‘rgan sahobiylar: «Yo Rasulalloh! Parvardigor sizni yorlaqagani shubhasiz. Shunday ekan, bu hol nechun?» deb so‘raganlarida, Rasuli Akram (s.a.v.): «Shukrli banda bo‘lmayinmi?» deb javob berdilar. (Imom Buxoriy). Bu va Oli Imron surasining 123-oyati mazmuniga binoan Allohdan qo‘rqish, uning amru nahyilariga rioya etish bilan Alloh bergan ne’matlarning amaliy shukri keltiriladi. Insonlarning o‘zaro munosabatidagi shukr yaxshiliklarni yoqlash, ezgu ishda amaliy yordam ko‘rsatish bilan ado etiladi. Savol: Majusiylar kimlar, ular ham ahli kitob sanaladimi? Javob: Avvalo ahli kitob kimlar ekanligini bilish zarur. Shariatimizda Alloh taolo nozil etgan kitoblarga amal qilganlar «Ahli kitoblar» deb aytiladi. Binobarin, yahudiylar va nasroniylar ahli kitobdir. Yahudiylar «Tavrot»ga, nasorolar esa «Injil»ga amal qiladilar. Qur’oni karim oyatlarida yahudiylar va nasroniylar ahli kitob, deb zikr etilgan. Qur’oni karimdan muqaddam Injil, Tavrot va Zabur nozil qilingandir. Ammo, hozir yer yuzida Zabur ta’limotiga ergashadigan xalq yo‘q. Majusiylarga kelsak, ular otashparast, butparast, sanamparast va jussaparast kishilardir («Hidoya»). Majusiylarning samoviy kitoblari yo‘q. Shuning uchun ular olov, quyosh, oy, ba’zi bir hayvonlar va yulduzlarni iloh deyishib, ularga sig‘inishadi. Demak, majusiylar ilohiy kitoblarga ergashmaydigan qavmlardandir. Ja’far ibn Muhammad rivoyat qiladilar. Umar ibn Xattob (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v) sahobalarining oldilaridan o‘tayotganlarida ularning ichida Abdurahmon ibn Avf (r.a) ham bor edi. Shunday dedilar: «Mana bu qavmlar bilan, ya’ni, majusiylar bilan nima qilishni bilmay turibman, bular arablardan ham va ahli kitoblardan ham emas» (Tafsiri Qurtubiy). Majusiylar to‘g‘risida ulamolarimiz quyidagi hukmda yakdillar: «Majusiylar so‘ygan hayvonlarning go‘shti yeyilmaydi va ularning ayollariga uylanilmaydi, chunki ular ahli kitob emasdir». Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling