Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Ba’zi kishilar haqida odamlarning: «falonchi jannatiy inson...»


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Ba’zi kishilar haqida odamlarning: «falonchi jannatiy inson...», 
deb gapirganlarini (yoki do‘zaxiy deb so‘kkanlarini) eshitamiz. Shunday 
deyish to‘g‘rimi? 
Javob: Bunday deyish noto‘g‘ri. Biz payg‘ambarlarni, alayhimussalom va 
payg‘ambarlar jannatiy deb bashorat qilgan mo‘min odamlarnigina jannatiylar deya 
olamiz, xolos (Imomi A’zam, «Al-’alim val mutaallim»). 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
 
Savol: Shariatimizda guvohlik beruvchi kimsa «odil» bo‘lishi kerak, 
deyiladi. Qanday sifatli kishi «odil» hisoblanadi? 
Javob: Sudxo‘rlik va o‘zganing molini yeyish (o‘g‘rilik, poraxo‘rlik) kabi yo‘llar bilan 
og‘zi bulg‘anmagan, zino va unga boshlovchi ishlarga mubtalo bo‘lmagan kishi 
shariatimizda «odil» hisoblanadi va guvohligi qabul etiladi. Bir so‘z bilan aytganda odillik 
sifatiga ega bo‘lish uchun qorin va jinsiy a’zoni haromdan saqlamoq lozim. 
 
Savol: Yaqinda sobiq ulfatlarimdan bittasi betimga: «Kechagina men 
bilan aroq ichib yurgan odam bugun endi taqvodor bo‘lib qoldingmi?! 
O’g‘ri qarisa, so‘fi bo‘larkan-da?!» dedi. Dabdurustdan unga nima deb 
javob qilishni bilmay qoldim. Allohni men singari kech tanigan har bir 
odamning boshidan shunaqa savdo o‘tsa kerak. Bunday paytlarda 
qanday muomala qilganimiz ma’qul? 
Javob: Sobiq ulfatingizga o‘xshash kimsalarning ta’na – dashnomlariga parvo 
qilmang. Aqlli kishi iymonga kirgan odamning o‘tmishiga emas, buguniga e’tibor qiladi. 
Ya’ni, kecha uning aroq ichib yurganiga yoki buzuqchiliklar qilganiga emas, balki 
shunday buzuq va gunohkor odamning bugun iymon tufayli yaxshi tomonga o‘zgarib 
qolganiga e’tibor beradi va bunda Allohning qudratini ko‘rib qoyil qoladi. 
Sobiq ulfatingiz kabi kimsalarni Allohning o‘zi o‘nglamasa, bandasi bas kelolmaydi. 
Chunki ularga gap uqtirib bo‘lmaydi. Bizlarning qo‘limizdan keladigani – ularga ham 
insof, tavfiq va iymon tilashdir. Shoyad Alloh taolo unday kimsalarning ham qalbini 
o‘ziga moyil qilsa. 
Iymonli kishi gapini uqadiganlarga gapirib, o‘zini har qanaqa ta’nalardan baland tutib, 
toat-ibodatini qilib yuraverishi kerak. Chunki banda o‘ziga o‘xshagan bandalarning 
malomatidan emas, Alloh taoloning malomatidan qo‘rqishi lozim. Shunda murod hosil 
bo‘ladi. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling