Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
14 Savol: Bomdod namozini kamdan-kam holda o‘z vaqtida o‘qiyman. Goho quyosh chiqib bo‘lganidan keyin yo uni jamoat o‘qib bo‘lgach, uyg‘onaman. Qanday qilsam, bomdod namozini vaqtida va jamoat bilan o‘qiyman? Maslahat bering. Javob: Avvalo, bomdod namozi fazilatini bilib, unga erishishni maqsad qilish kerak. Imom Muslim va Termiziy Rasulullohdan (s.a.v.) shunday rivoyat qiladilar: «Kim bomdod namozini jamoat bilan o‘qisa, butun kecha namoz o‘qiganlik savobiga erishadi». Rasululoh (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Bomdod namozini o‘qigan mo‘min Allohning hifzu himoyasida bo‘ladi» (Imom Buxoriy va Tabaroniy rivoyatlari). Imom Buxoriy rivoyat qilgan sahih hadisda: «Kim ikki bardni o‘qisa, jannatga kiradi», deyilgan. Ikki bard – bomdod va asr namozlaridir. Ikkinchidan, musulmon odam bomdod namozini qoldirish qanchalar og‘ir ekanini bilmog‘i lozim. Rasululloh (s.a.v.): «Munofiqlar uchun eng og‘ir namoz – xufton va bomdod namozidir», deganlar. Bu aytilganlarga qanoat qilgan mo‘min bomdod namozini vaqtida o‘qish uchun yana: erta yotishi; bomdod namoziga turmoq uchun niyat va qaror qilishi; uxlashdan oldin tahorat olishi va Allohni yodlab uyquga ketishi; uyqudan uyg‘ongan zahotiyoq Alloh taoloni zikr etishi; namozga turmoq uchun ahli oilasidan va solih kishilardan yordam so‘rashi; Parvardigorga iltijo qilib, bomdod namozini jamoat bilan ado etishga muvaffaq qilishini so‘rashi; qo‘ng‘iroqli soatdan foydalanishi kerak. Savol: Imom juma mav’izasini qilib turgan paytda nafl namoz o‘qisa bo‘ladimi? Umuman, masjidga kirganda o‘qiladigan nafl namoz haqida ma’lumot bersangiz. Javob: Masjidga kirganda o‘qiladigan nafl namozni Tahiyyatul masjid («tahiyyat» salomlashish, so‘rashish ma’nosidadir) namozi, deyiladi. Ushbu ikki rakatli namozni ado etish sunnat. Chunki Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Qaysi biringiz masjidga kirsa, ikki rakat nafl namoz o‘qimay o‘tirmasin», deganlar. Hanafiy mazhabi bo‘yicha, mazkur namoz farz namoz o‘qilmayotgan va namoz o‘qish makruh bo‘lmagan vaqtlarda ado etiladi. «Tahiyyat» o‘qishga tahoratsizlik yoki boshqa narsa sababidan imkoniyat bo‘lmasa, «Subhanalloh, alhamdulillah, va lailaha illallohu vallohu akbar» deyilishi sunnatdir. Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling