Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Kishi tayammum qilib, mahsi kiydi. U agar suv topsa, mahsisiga


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Kishi tayammum qilib, mahsi kiydi. U agar suv topsa, mahsisiga 
mash tortishi joizmi? 
Javob: Unga mash tortmaydi. Rasulullohning, (s.a.v.), «...men ularni tahoratli 
oyoqqa kiyganman», degan so‘zlariga binoan, u tayammum emas, tahorat olgan bo‘lishi 
kerak. Agar tayammum qilgan bo‘lsa, so‘ngra suv topsa, mash tortmaydi. 
 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
Savol: Tahoratda yuviladigan a’zolarda yara yoki kasallik bo‘lganida 
qanday tahorat olinadi? 
Javob: Tahoratda yuviladigan a’zolarining birida yara yoki kasallik bo‘lganida issiq suv 
bilan yuvish ham kishining sog‘ligiga zararli bo‘lsa, yuvilmaydi, balki ho‘l qo‘l bilan 
ustiga mash tortiladi. Agar mash tortish ham zarar yetkazadigan bo‘lsa, bu amal ham 
tark etiladi. Agar bunday kasallik tahoratda (g‘uslda) yuviladigan a’zolarning ko‘p qismini 
qamrab olgan bo‘lsa, tahorat yoki g‘usl o‘rniga tayammum qilinadi. 
 
Savol: «G’assol murdani yuvgandan so‘ng o‘zi ham yuvinib olmasa
janoza namozini o‘qishi mumkin emas» degan tushuncha asoslimi yo 
xatomi? 
Javob: «G’assol murdani yuvgach, o‘zi ham yuvinishi vojib», deyilgan hukm fiqhiy 
kitoblarimizda yo‘q. Ammo yuvinishi mustahab, deyilgan. Demak, g‘assol janoza 
namozidan oldin imkonini topsa, g‘usl qilib olishi maqbul ishlardan, lekin shart emas, 
ya’ni, imkoni bo‘lmasa, yuvinmasdan janoza namoziga qo‘shilishi mumkin. Zero, janoza 
namozida hozir bo‘lish uning zimmasidagi va marhum birodari oldidagi burchidir. 
Demak, siz yo‘llagan savoldagi tushuncha xato. 
 
Savol: Ayollardan doimiy kelib turadigan sarg‘imtil sizinti tahoratni 
sindiradimi-yo‘qmi? 
Javob: Rasuli Akramdan (s.a.v.): «Tahoratni nima buzadi?» deb so‘raganlarida Nabiy 
alayhissalom: «Ikki yo‘ldan chiquvchi narsa», deb bayon qildilar. Binobirin, ikki yo‘ldan 
chiquvchi har qanday narsa tahoratni sindiradi. Ammo fuqaholar erkak va ayolning oldi 
a’zolaridan chiquvchi hidsiz yelni bundan istisno etib, «tahoratni sindirmaydi», deyishgan 
(Muhiyt). 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling