Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: Azon aytilganidan so‘ng namoz o‘qimay masjiddan chiqib ketish
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
Savol: Azon aytilganidan so‘ng namoz o‘qimay masjiddan chiqib ketish mumkinmi? Dinda savolim bor. 1-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 17 Javob: Azon aytilgan masjiddan shu vaqt namozini o‘qimagan kishining chiqib ketishi makruhdir. Ammo boshqa masjid jamoat namozi sizga bog‘liq bo‘lsa yo azon aytilgan vaqt namozini o‘qib olgan bo‘lsangiz, chiqib ketishingiz makruh bo‘lmaydi. Peshin va xufton namozlarini o‘zingiz o‘qib masjidga borgan bo‘lsangiz, ularga iqomat aytilganida masjiddan chiqishingiz makruhdir. Bomdod, asr va shom namozlarini o‘zingiz o‘qib masjidga borganingizda ularga iqomat aytilganida masjiddan chiqib ketishingiz makruh bo‘lmaydi. Savol: Masjid hovlisida janoza o‘qiyotganimda bir gal yonimdagi kishi tuflisini yechib, ustiga turib o‘qidi. Sababini so‘ray olmadim. Odatda ko‘pchilik oyoq kiyimida o‘qiyveradi-ku? Bunda jiddiy farq bormi? Javob: Janoza namozini ham boshqa namozlar kabi pok joyda ado etish shartdir. Najas ustida turib o‘qilgan namoz durust bo‘lmaydi. Odatda oyoq kiyimlar bilan har xil joyda yurilganidan ularning najasdan xoli bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Shuning uchun janoza namozida imomdan boshqa odamlar joynamozda turmaganliklari uchun oyoq kiyimlarini yechib, uning ustiga oyoqlarini bosib turishlari kerak. Bunda oyoq kiyimi ikki qavat kiyim hukmiga o‘tadi. Qavilmagan ikki qavat kiyimning bir qavati nopok bo‘lsa, ikkinchi pok qavatida namoz o‘qish joizdir («Muxtasar ul-viqoya» va «Hadiyyatus su’luk» kitoblari asosida tayyorlandi). Savol: Kunlar isib qoldi. Ko‘chada yurib yo ishlab badan terlaydi, hidlanadi. Shu holda, umuman, yomon hid bilan masjidga kirish mumkinmi? Javob: Islom tom ma’noda poklik dinidir. Shuning uchun ham tahorat va g‘usl farz qilingan. Maqsad: musulmon kishidan hech kim ozorlanmasin. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday ta’lim berganlar: «Kim sarimsoq, piyoz va ko‘k piyoz yegan bo‘lsa, masjidimizga yaqinlashmasin, chunki farishtalar odam bolasi ozorlanadigan narsadan ozorlanadi» (Imom Muslim rivoyatlari). Bu gap terlab, badanlari yoki kiyimlarida badbo‘y hid bilan masjidga kiruvchilarga ham tegishlidir. Ammo tamaki va nosvoyga kelsak, ularni chekish haromdir. Tamaki va nosvoyning hidi esa yuqorida aytilganlardan ham jirkanchdir. Uning badbo‘y hididan insonlar va farishtalar ozorlanadi. Shuning uchun chekadigan va nos otadigan kishi bu illatlardan tezda qutilishi zarur. Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling