Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: Imom qanday niyat qiladi?
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
Savol: Imom qanday niyat qiladi?
Javob: Tanho namoz o‘quvchi qanday niyat qilsa, imom ham shunday niyat qiladi. Qavmlar esa, jamoat namozida imomga ergashayotganini ham ko‘ngildan o‘tkazishlari kerak. Savol: Imom qanday qiroat qiladi? Javob: Imom bomdodning farz namozida, shom va xuftonda farz namozlarining oldingi ikki rakatida ovoz chiqarib qiroat qiladi. Peshin va asr namozida ichida qiroat qiladi. Imom barcha namozda birinchi rakatda ikkinchi rakatga ko‘ra uzunroq qiroat qiladi. Imomga iqtido qilgan kishi qiroat qilmaydi. Savol: Kitoblarda «masbuq», «lohiq» va «mudrik» kabi so‘zlarga duch keldim.Ularning ma’nosini tushuntirib berolmaysizmi? Javob: Jamoat farz namozini o‘qiyotganda bir va undan ortiq rakatga kechikib qo‘shilgan kishi masbuq deyiladi. Namozga birinchi rakatdan qo‘shilib, tahorati singani yo uxlab qolgani sababidan namozni jamoat bilan tugatolmagan kishi lohiqdir. Jamoat namozini boshdan oxirigacha imom bilan o‘qigan shaxs mudrik hisoblanadi. Masbuq qoldirgan rakatlarida qiroat qilib namozini tugal qiladi. Lohiq qoldirgan rakatlarida qiroat qilmaydi. Savol: Jamoat namozi boshlanganida, o‘qib turgan namozini oxiriga yetkazmay jamoatga qo‘shilish kerak, deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi? Javob: Bu masala siz qanday namozni o‘qiyotganingizga va nechanchi rakatda ekaningizga qarab hal etiladi. Avvalo, bu o‘rinda jamoat namozining boshlanishi, deyilganida muazzinning iqomatini emas, balki imomning takbiri tahrima aytishini tushunmoq kerak. Agar siz nafl namoz, yo peshin va jumaning to‘rt rakat sunnat namozlarini o‘qiyotganingizda imom farz namozini boshlab, takbiri tahrima aytsa ham, o‘qiyotgan namozlaringizni oxirigacha o‘qib tamom qilasiz. («Muhiti Saraxsiy»). So‘ng imomga iqtido qilasiz. Agar bomdod yo shomning farz namozlarini boshlaganingizda yo bir rakat o‘qib, ikkinchi rakatga turganingizda, jamoat hozir bo‘lib, imom takbiri tahrima aytsa, turgan holingizda salom berib, o‘qiyotgan namozingizni to‘xtatasizda, jamoatga qo‘shilasiz. Peshin, asr va xuftonning farz namozlarida, mazkur holatda, ikki rakatni to‘la o‘qib, salom berasiz. So‘ng imomga ergashasiz. Bu uch vaqt farzining uch rakatini o‘qigan bo‘lsangiz, ularni oxirigacha o‘qiysiz, ya’ni, to‘rt rakatni to‘la ado etasiz. Keyin peshin va xuftonda nafl namoziga niyat qilib, imomga ergashasiz. Asr farzidan so‘ng nafl namoz o‘qish makruhligidan bu paytda imomga iqtido qilmaysiz. Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling