Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Dinda savolim bor. 1-kitob  www.ziyouz.com


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
Savol: Ba’zan masjidlarda jamoat namozi tugaganidan so‘ng, garchi 
kechikib kelganlar hali namoz o‘qiyotgan bo‘lsalar-da, ularga yuzlangan 
holda duo qilinadi. 
Javob: Bu hol makruhdir. Namoz o‘qiyotgan kishiga, u qaysi safda bo‘lsa-da, yuzlanib 
o‘tirish makruh bo‘ladi. («Radd ul-muxtor»). 
 
Savol: Bomdod namozining farziga iqomat aytilgandan so‘ng 
imomlikka mustahiq odam kelib qolsa, jamoat uni sunnat namozi 
o‘qigunicha kutishi kerakmi? Agar kutsa, iqomat qayta aytiladimi? 
Javob: Ha, jamoat imomlikka mustahiq odamni kutib turishi kerak. Ammo iqomat 
qayta aytilmaydi. («Radd ul-muxtor»). 
 
Savol: Ko‘pincha jamoat namozi o‘qilayotganida oldingi safda bo‘sh joy 
bo‘lsa-da, uni to‘ldirmay, orqa safda turib namoz o‘qiyotganlarni 
ko‘ramiz. 
Javob: Bu holat jamoat namozi sunnatiga xilof. Oldingi safda bo‘sh joy bo‘lgan holda 
orqa safda turib namoz o‘qish makruh bo‘ladi. Shu boisdan oldingi safdagi bo‘sh joylarni 
darhol to‘ldirib olish kerak. 
 
Savol: Jamoat namozida qa’dada tashahhud o‘qimay uxlab qolgan kishi 
imom bilan qo‘shilib salom beradimi? 
Javob: Yo‘q. U uyg‘ongach, tashahhud o‘qishi va so‘ng salom berishi zarur. Agar 
mazkur holda imom bilan qo‘shilib salom bersa, namozi buziladi. («Halabi kabir»). 
Savol: Muazzin azon jumlalarining tartibida yanglishib, keyingi jumlani 
oldin aytib qo‘ysa, nima bo‘ladi? 
Javob: Muazzin azon jumlalarining tartibida yanglishib, keyingi jumlani oldin aytib 
qo‘ysa, qoldirgan jumlani aytgach, oldin aytgan jumlani o‘z o‘rnida yana qayta aytadi. 
Ammo azon boshdan qayta aytilmaydi («Halabi Kabir»). 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling