Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Alloh qodir qildi, bu yil zakot bermoqchiman. Buning shar’iy


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

Savol: Alloh qodir qildi, bu yil zakot bermoqchiman. Buning shar’iy 
talablari qanday? 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
Javob: «Zakot» so‘zi lug‘atda poklanish, orttirish, rivojlanish ma’nolarini ifodalaydi. 
Istilohda esa, belgilangan miqdordagi molning ma’lum qismini, shartlarga binoan, uni 
olishga haqdor bo‘lgan kishiga berishdir. 
Zakot dinimizning besh asosiy ruknidan biridir. Zakot hijratning ikkinchi yili farz 
qilindi. Uning yuksak va beqiyos hikmatlaridan asosiylari quyidagilardir: 
1. Boylarning oxirat azobidan najot topishlari, baxillik kasalidan poklanishlariga sabab 
bo‘ladi.
2. Faqir va ojiz kishilarga yordam berish, muhtoj kishilarning dardlariga darmon 
bo‘lish, ularning g‘am va qayg‘ularini yengillatish hissini tarbiyalaydi. 
3. Tilanchilar, ishsizlar sonini kamaytiradi, u tufayli jamiyatdagi jinoyatlar, qabihliklar 
va tartibsizliklar yo‘qoladi. 
4. Zakot boylarning juda katta mablag‘lar yig‘ib, kambag‘allarning iqtisodiy mahrum 
bo‘lishlari natijasida yuzaga keladigan to‘ntarish kabi tartibsizliklardan jamiyatni himoya 
qiladi. 
5. Zakot ne’matning shukronasidir. Chunki Alloh taolo bandalariga badaniy, moliyaviy 
ne’matlar bergan. Shunday ekan, boy-badavlat kishi kambag‘alligi va daromadi ozligi 
tufayli boshqalarga muhtoj odamlarga qarab, o‘zini tilanchilikdan, boshqalarga muhtoj 
bo‘lishdan qutqargan Alloh taologa shukr etmasa, mulkidan juda ham oz qismini 
faqirlarga bermasa, u naqadar xasisdir. 
Zakotning rukni unga haqdorni zakot moliga ega qilishdir. Zakot beruvchi kishi zakot 
niyatida bir faqir yoki yetimning qornini to‘ydirsa, bu xarajati zakot o‘rniga o‘tmaydi. 
Zakot balog‘atga yetgan, aqlli, ehtiyoj va qarzlaridan tashqari bir qamariy yil to‘lgan 
nisob miqdoridagi, hukman bo‘lsa ham, ko‘payuvchi mulkka ega musulmonga farzdir. 
Zakotni ado etish farz bo‘lishi uchun nisobning yil boshida va oxirida mavjud bo‘lishi 
kifoyadir. Yil o‘rtasida nisob miqdori kamaysa ham, zakot beriladi. 
Zakotni berayotganida yoki mulkidan ajratayotganida uning zakot ekanini niyat qilish 
lozim. Faqir olayotgan moli zakot ekanini bilishi shart emas. 
Molidan zakotini ajratmasdan zakot beruvchi kishi vaqti-vaqti bilan kambag‘allarga 
mulkidan ehsonlar ulashib tursa, har safar berayotganida zakot, deb niyat qilmasa, bular 
zakot o‘rniga o‘tmaydi. Keyinchilik: «Mana shu muddat ichida bergan sadaqalarim zakot 
o‘rniga o‘tsin», deb niyat qilsa ham, zakot o‘rniga o‘tmaydi. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling