Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Chorva hayvonlaridan ham zakot beriladi, deb eshitdim. Shu


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Chorva hayvonlaridan ham zakot beriladi, deb eshitdim. Shu 
gapda jon bormi? 
Javob: Yilning aksariyat qismini dalalarda o‘tlab o‘tkazadigan qo‘y, sigir va tuyaga 
o‘xshash to‘rt oyoqli hayvolardan zakot berish farzdir. 
Tijorat maqsadidagi otlardan ham zakot beriladi. Yuk tashish va minish maqsadida 
qo‘llanilgan otlardan, yem berib boqiladigan otlardan zakot berilmaydi. O’tlaydigan otlar 
suti uchun yoki ko‘paytirish uchun boqilayotgan bo‘lsa, agar ular sof arab otlaridan 
bo‘lsa, egasi hohlasa, ot boshiga bir dinor, hohlasa, otlarning jami qiymatini hisoblab
ikki yuz dirhami uchun besh dirham (2,5 foiz miqdorida) zakot beriladi. 
Agarda suti uchun yoki ko‘paytirish maqsadida boqilayotgan otlar arab otlaridan 
bo‘lmasa, faqatgina qiymati hisoblanib, har ikki yuz dirhamidan besh dirham zakot 
beriladi. 
O’ttiz boshdan kam bo‘lgan sigirlardan zakot berilmaydi. Sigirlar soni o‘ttiztaga 
yetgach, ulardan ikki yoshga o‘tgan bir dona urg‘ochi yo erkak buzoq zakotga beriladi. 
Sigirlar soni qirqtaga yetgach, ulardan uch yoshga o‘tgan bitta urg‘ochi yoki erkak buzoq 
zakot beriladi. Oltmishta sigir uchun ikki yoshga o‘tgan ikkita erkak yoki urg‘ochi buzoq 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
zakotga beriladi. Yetmishta sigir uchun ikki yoshga o‘tgan erkak buzoq bilan uch yoshga 
o‘tgan urg‘ochi buzoq zakotga beriladi. 
Bundan oshgan har o‘n besh sigir uchun umumiy sonlariga ko‘ra, bitta ikki yoshga 
o‘tgan erkak buzoq yo uch yoshga o‘tgan urg‘ochi buzoq qo‘shib zakot beriladi. 
Qo‘toslardan zakot berish sigirlardan zakot berish kabidir. 
Qirqtadan oz bo‘lgan qo‘ylardan zakot berilmaydi. Qirqtadan bir yuz yigirmatagacha 
bo‘lgan qo‘ylardan bitta qo‘y zakot beriladi. Bir yuz yigirma bittadan ikki yuztagacha 
qo‘ylardan ikkita qo‘y zakotga beriladi. 201 tadan 400 tagacha qo‘ylardan uchta qo‘y 
zakotga beriladi. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling