Dinda savolim bor. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
oyog‘i oshig‘i bilan qo‘shib yuviladi. Shundan so‘ng, avvalo, o‘ng tomoni,
keyin chap
tomoni, yuviladi. Norasida bola bo‘lsa, g‘usl qilish kifoyadir.
O’lik yuvilayotganda og‘ziga, burniga suv yuborilmaydi, tirnog‘i olinmaydi,
sochlari
taralmaydi.
Erkaklarning kafani uch qavat bo‘ladi: 1) izor, ya’ni boshidan oyog‘igacha; 2) qamiys
– bo‘ynidan oyog‘igacha; 3) lifofa – yana boshidan oyog‘igacha. Ayollarning kafani ham
shu uchalasidan va yana himor (yuziga yopiladi) va xirqa – ko‘krakdan tizzasigacha
bo‘lgan enli matodan iborat bo‘ladi.
Shu tariqa
kafanlashga mato yetmasa, erkaklarga izor va lifofa, ayollarga izor, lifofa
va himor kifoyadir.
Kafan yechilib ketishi xavfi bo‘lsa, bog‘lab qo‘yiladi, bog‘ichlar mayyit lahadga
qo‘yilganda yechib yuboriladi.
Kafanlanib bo‘lgach, janoza namozi o‘qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: