Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
Javob: Haj ibodati davomida biror gunoh qilmagan, buzuq so‘zlar aytmagan hoji 
onadan yangi tug‘ilganidek gunohlaridan pok bo‘ladi. Bu Rasuli akramning (s.a.v.) 
bashoratlaridir. 
Buning uchun hoji: 
– haj arkonlari va amallarini to‘la bajarishi, eng avvalo, niyatni xolis qilishi kerak. 
Zero, amallar natijasi niyatga bog‘liq. Har bir kishiga niyat qilgani bo‘ladi; 
– musulmon uchun eng muhim ishlardan yana biri topgan va to‘plagan moli, 
mablag‘ining halol, pok bo‘lishidir. Bu uning barcha yaxshi amallari, jumladan, haj 
ibodatining ham maqbul bo‘lish shartlaridandir. Alloh taolo pokdir. Faqat pok amalni 
qabul qiladi; 
– agar zimmasida qarzi bo‘lsa, ularni uzishi, olgan omonatini qaytarishi, undan 
ranjiganlarning ko‘nglini olishi, qaytib kelgunicha qaramog‘idagilarga yetadigan nafaqani 
hozirlashi kerak. Bandaning boshqa bir banda zimmasidagi haqqini o‘sha odam 
kechmagunicha Alloh taolo kechmaydi; 
– haj yo‘liga tushgan mo‘min o‘tgan gunohlariga chin dildan tavba qilishi, o‘zini go‘yo 
dunyodan oxiratga o‘tayotganday his etishi, solih amallar qilishga shoshilishi lozim. Alloh 
taoloning roziligidan boshqa o‘y-xayollarni qalbidan chiqarishi kerak; 
– muborak haj safarida hoji yo‘ldoshlari bilan go‘zal munosabatda bo‘lish lozim. Ular 
bilan tortishmasligi, ularning e’tiroziga bois bo‘luvchi ishlarni qilmasligi, ularga ozor 
yetkazmasligi, ozorlariga sabr qilishi kerak; 
– safari davomida gunohdan, behuda ishlardan va buzuq so‘zlardan yiroq bo‘lishi va 
qolgan hayotida ham bunga doimo qat’iy amal qilishi lozim
– ehromda bo‘lganida birinchi Aqobada tosh otgunicha har namozidan so‘ng tepalik 
joyga chiqqanida, pastlik yerga tushganida, hojilar guruhiga yo‘liqqanida talbiya 
aytmog‘i kerak; 
Haram hurmatini toptamasligi, undagi giyohlarni yulmasligi, daraxt shoxlarini 
sindirmasligi, hayvonlarni ovlamasligi, o‘ldirmasligi kerak; 
– Zam-zam suvidan to‘yib-to‘yib ichishi kerak. Boshi va tanasi ustidan uni quyishi 
zarur. Zam-zam suvidan to‘yib ichish nifoqdan qutilishdir. Janobi Rasululloh (s.a.v.): 
«Zam-zam suvi va do‘zax o‘ti kishining ichida jam bo‘lmaydi», deb marhamat qilganlar. 
Bu zam-zam suvi haqidagi bashoratlardandir; 
– Madinai Munavvarani ham Makkai Mukarrama kabi e’zozlashi lozim; 
– Rasulullohning (s.a.v.) qabrlarini ziyorat etishni g‘animat bilishi zarur. Zero, bu ishi 
Rasulullohni tirik chog‘larida ziyorat qilish kabidir. Rasulullohni ziyorat qilish u zotning 
shafoatlariga yetishuvga sabab bo‘ladi. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling