Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: Alloh qodir qilib, qurbonlik amalini bajarish nasib etdi. Ammo
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
Savol: Alloh qodir qilib, qurbonlik amalini bajarish nasib etdi. Ammo uning shartlarini bilmayman. Qurbonlikning qanday shar’iy talablari bor? Javob: Qurbonlik qilish zakot, sadaqai fitr kabi moliyaviy ibodatdir. Dinda savolim bor. 1-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 25 Zulhijja oyining o‘ninchi kuni hayit namozi o‘qilganidan boshlab, to o‘n ikkinchi kunining shomigacha qurbonlik so‘yish vaqtidir. Kumush zakotining nisobidagi mablag‘ga yo zaruriy ehtiyojidan ortiqcha, qiymati kumush nisobi miqdoriga yetadigan mulkka ega bo‘lgan muqim musulmonga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi. Yashayotgan turar joyi, kerakli (uy ichida, ishda va hayitda kiyish uchun) kiyimlari, uy anjomlari, mehnat qurollari zaruriy ehtiyojga kiradi. Musofirga qurbonlik so‘yish vojib emas. Qurbonlik so‘yish vaqtining oxiridagi boylik holati qurbonlikning vojib bo‘lishi uchun hisobga olinadi. Ya’ni, kambag‘al kishi qurbonlik so‘yish vaqtining oxiriga kelib kumush nisobi miqdoricha boylikka ega bo‘lsa, unga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi, agar boy kishi shu vaqtda kambag‘al bo‘lib qolsa, unga qurbonlik so‘yish vojib bo‘lmaydi. Qiymati kumush zakoti nisobiga yetadigan yeri bo‘lgan, ammo o‘zi ijarada yashayotgan musulmonga qurbonlik so‘yish vojibdir («Muxtasar-ul viqoya»). Savol: Mening xususiy uyim yo‘q, ijarada o‘tiraman. Ammo nisob miqdoridagi pulim bor. Menga qurbonlik vojib bo‘ladimi? Javob: Ha, vojib bo‘ladi. Zero, qurbonlik qilish kunlari nisob miqdoridagi pulga yo qiymati shunga yetadigan hojatidan oshiqcha molga ega har bir ozod, muqim musulmonga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi («Radd-ul muxtor»). Savol: Qurbonlik so‘yishi vojib bo‘lmagan kishi qurbonlik qilsa bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa, qanday niyatda qurbonlik qilishi kerak? Javob: Ha, qurbonlik so‘yishi vojib bo‘lmagan kishi qurbonlik qilishi mumkin. Ammo qurbonlikka so‘yiladigan hayvonni vojib qurbonlik niyatida emas, sunnat qurbonlik niyatida sotib olishi kerak bo‘ladi. Agar uni vojib qurbonlik niyatida sotib olsa, nazr qilingan mol kabi go‘shtidan o‘zi va boylar yeyishi mumkin emas. Uni kambag‘allarga sadaqa qilishi lozim («Radd-ul muxtor»). Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling