Dinda savolim bor. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
Tobutni to‘rt kishidan ziyod kishi ko‘tarmasligi kerak.
Qabristonda tobut yerga
qo‘yilmaguncha o‘tirish makruh. Tobut qo‘yilgach esa, ishga mashg‘ul bo‘lmagan barcha
o‘tirishi darkor.
Savol: Vafot etgan kishining janozasida imom-xatib vorislarning
biridan «Shu kishining qarzini to‘lashni bo‘yningizga olasizmi?» deb
so‘raydi. Qariyb hamma (ba’zan jamoatdan uyalib bo‘lsa kerak): «Ha,
to‘layman», deb javob beradi. Shunda va’da berib yuborgan odamning
bo‘yniga qarz qoladimi? O’ki qarzlarni olgan shaxs to‘layolmay vafot etib
qolsa, unda nima bo‘ladi?
Javob: Ma’lumki, zimmadagi qarz uni ado etmaguncha yoki kechilmaguncha yo qarz
sababi bekor qilinmaguncha soqit bo‘lmaydi.
Binobarin, qarzini uzmay vafot etgan
qarzdor oxiratda javob beradi. Uni oxirat azoblaridan xalos qilish
uchun yaqinlaridan biri
marhumning qarzini ado etishni zimmasiga olar ekan, bu narsa kafilning o‘z
molidan
marhum qarzini to‘lashini anglatmaydi. Zero, kafillik haq talab qilinishida qarzdor bilan
birga javobgar bo‘lishdir («Muxtasar-ul viqoya»).
Marhum
qoldirgan mol, avvalo, uni kafanlash va ko‘mish ishlariga sarflangach,
vorislar
haqqini olishidan oldin qarzni ado etish muhim bo‘lgani uchun uning qarzi uziladi. Aynan
shu ishda kafil bosh bo‘lishi lozim. Binobarin, kafil marhum qarzlarini
u qoldirgan moldan
uzishni zimmasiga olgan shaxsdir.
Savol: O’lgan erkakning xotinidan «Mahringizdan o‘tdingizmi?» deb
Do'stlaringiz bilan baham: