Rim imperiyasining ikkiga bo’linishi Diokletian va Maksimian 305-yil 1-mayida


Download 17.29 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi17.29 Kb.
#115101
Bog'liq
Документ (1)


Rim imperiyasining ikkiga bo’linishi 

Diokletian  va  Maksimian  305-yil  1-mayida  

hokimiyatdan voz kechdilar.Taxtdan voz kechgan 

Diokletian Salonaga ko’chib borib gul va sabzavot 

yetishtirish bilan shug’ullandi. 313-yilda 68 yoshida 

vafot etdi. Konstansiy I Xlor va Galeriy imperatorlar 

deb e’lon qilindilar. Vorislar o’rtasida taxt uchun 

kurash  boshlanib,  bu  kurashda  Diokletianning 

yordamchilaridan birining o’g’li Konstantin (306-337-

yillar) g’olib chiqdi. U raqiblari bilan bir necha yil 

kurash  olib  borib  Rim imperiyasining  yagona 

hukmdoriga aylandi. Konstantin imperiyani 4 ga 

bo’linishini saqlab qoldi lekin boshqaruvni birov bilan 

baham ko’rish tizimini yo’q qildi. Endilikda imperiya 

qismlarini  unga  bo’ysunadigan  prefektlar 

boshqardilar. 

Konstantin uzoqni ko’ra oladigan,aqllii siyosatshi  

edi. U 200 yildan beri taqib etilayotgan nastoniy 

dinini  kuch-qudratini  davlat  hokimiyatini 

mustahkamlashdagi muhim o’rnini anglab yetdi. Shu 

sababli   313-yilda u o’zining  Milan edikti bilan 

nasroniylik dinini boshqa dinlarga tenglashtirdi. Shu 

lahzadan  boshlab  xristian  cherkovi  imperator 

hokimiyatining ittifoqchisi va himoyachisiga aylandi. 

Imperator 330-yil 11-may kuni poytaxtni sharqiy 

qism Bosfor qirg’og’iga tanatanali ko’chirdi. Eski 

yunon koloniyasi Vizantiy qayta qurilib kengaytirildi. 

Yangi poytaxtni qurilishi va bezatilishi uchun ulkan 

miqdorda  mablag’  saflandi.  Saroylar,  stadion, 

ippodrom, termalar va bibliotekalar qurildi. Rimdan 

ulkan miqdorda  haykallar  olib kelindi.  Shahar 

imperator sharafiga yangi nom Konstantinopol deb 

ataldi. Poytaxtni sharqqa ko’chirilishi tasodif emas 

edi. Sharqiy provinsiyalar g’arbdagilarga qarganda 

madaniy va boyroq edi.  

Konstantinning o’limidan so’ng taxt uchun yana 

kurash boshlandi. Hokimiyat uning o’g’li Konstansiy 

qo’liga, keyin esa uning nevarasi Yulianga o’tdi.  

Yulian eski Rim dinini tiklashga urindi lekin 

muvaffaqiyatga erishmadi. 

Hokimiyatni  uning o’g’li Konstansiy egalladi. 

Uning o’rniga kelgan Flaviy Klavdiy Yulian (361-363 

yillar) eski Rim dinini tiklashga urinib xristian 

cherkovini  imtiyozlarini  bekor  qildi.  Keyingi 

imperatorlar Valentinian I va Valent bir vaqtning 

o’zida imperiyaning g’arbiy va sharqiy qismlarini 

boshqardilar. Ularning davrida germanlarning hujumi 

kuchaydi. 378 yilda Frakiyadagi Adrianopol shahri 

yonida vesgotlar Rim qo’shinlariga kuchli zarba 

berdilar. Qaysiki shundan keyin Rim imperiyasi hech 

qachon tiklana olmadilar. Imperator Valent jang 

maydonida halok bo’ldi, eng yaxshi zobitlar qurbon 

bo’ldilar. Endilikda Rim imperiyasi hech qachon 

chegaralarini himoya qilish uchun etarlicha qo’shin 

to’plash  imkonoyatidan  mahrum  bo’ldilar.  Endi 

chegaralarni  qo’riqlash  germanlardan  olinadigan 

ishonchsiz qismlarga topshirila boshlandi. Germanlar 

ko’plab miqdorda rim qo’shiniga olina boshlandi. 

Ular oliy harbiy mansablarni egallay boshladilar.  

Imperator Feodosiy I vestgotlarga Illiriya viloyatini 

bo’shatib berib, shu bilan Konstantinopolni bosib 

olishidan saqlab qoldi, Feodosiy 394 yilda tarixda 

so’nggi marta imperiyani har ikkala qismini ham bir 

qo’lga to’pladi, lekin u bir yildan so’ng vafot qildi va 

rim imperiyasi batamom ikkiga bo’lindi. Imperiyaning 

g’arbiy qismini uning 11 yoshli o’g’li Gonoriy, 

sharqiy qismini uning 28 yoshli ukasi Arkadiy 

boshqara boshladi. Gonoriy ( 395-yillar) davrida 

imperiyaning g’arbiy qismi germanlarning xujumlari 

bilan to’la yemirilishi davri bo’ldi. Germanlarning 

istilosi Rim xizmatidagi germanlarning xoinligi qullar 

va kolonlarning qo’zg’alonlari imperator Norikaning 

2 yildan so’ng, Rim shahrining o’zi bosib olinib talon-

taroj qilindi. Alarix Rimdan, vestgotlar Galliyaga 

chekindilar. Ammo g’arbiy Rim imperiyasi bu paytda 

o’z umrining oxirgi lahzalarini boshdan kechirar edi. 

407 Yilda Rimliklar Britaniyani tashlab ketdilar.409 

yilda vandallar, sveblar va allemandlar Ispaniyani 

bosib oldilar. 415 yilda vestgotlar Rimdan Galliyani 

ajratib oldilar. 429 yilda vandallar va boshqa german 

qabilalari Ispaniyadan Afrikaga o’tdilar. Vandallar 

qirol Geyzerix boshchiligida 455 yilda Rim shahrini 

egallab uni buzib tashladilar. 

Odoakr  imperator  hokimiyani  ramzlarini 

Konstantinopolga jo’natdi. Bu voqea G’arbiy Rim 

imperiyasining tugashi deb hisoblanadi. Sharqiy Rim 

imperiyasining  hukmdorlari  germanlarning 

hujumlarini  bartaraf  qilib  o’z  boshimcha 

qo’mondonlarni yo’q qildilar. Sharqiy Rim imperiyasi 

yana ming yil yashab, tarixga Vizantiya imperiyasi 

nomi bilan kirdi. 

Diokletian  va  Konstantinning  islohotlari 

imperiyaning  yemirilishi  jarayonini  sekinlashtirdi, 

lekin uni to’xtata olmadi. IV asrda jonlangan ichki 

savdo to’xtadi. Ko’p shaharlar tushkunlikka yuz tutdi. 

Butun imperiya bo’ylab natural xo’jalikka qaytish 

boshlandi.  

Pul  tizimi  ishdan  chiqdi.  Soliqlarni  to’lash 

qiyinlashdi. Shaharlardan axoli ko’chib keta boshladi. 

Konstantin  shahar  axolisini  ko’chib  ketishini 

kolonlarni o’z erlarini tashlab ketishlarini rasman 

taqiqladi. 

Yirik er egalari latifundistlar barcha soliqlarni 

natural tarzda to’lashni yuklatdi. Ularning hokimiyati 

kengaydi.  Shaxsiy  erkin  kolonlarning  axvoli 

qullarning ahvolidan kam farq qildi. So’ngi imperiya 

davrida yirik yer egalari o’zlariga qaram bo’lgan 

maxalliy axoli ustidan o’z amaliy hokimiyatlarini 

amalga  oshirdilar.  Ular  o’z  qo’shin  va 

qamoqxonalarini tashkil qildilar. Ijtimoiy aloqalarning 

bunday yangi ko’rinishini shakllanishi so’ngi Rim 

jamiyatini sekin asta feodallashuvini bildirar edi. 

 

G’arbiy Rim imperiyasini qulashi 


Rim imperiyasini  to’la ikkiga bo’linishi asosida  
O’rtayerdengizining  ikki  hududini  romanlashgan 

G’arb va Ellin sharqini tarixiy taraqqiyotini o’ziga xos 

xususiyatlari bilan   belgilanar edi.   G’arbiy 

provinsiyalarda   shaharlar, tovar ishlab chiqarish 

savdo-hunarmandchilik  tushkunlikga   yuz  tutdi. 

Aholini   xonavayron bo’lishi, umumiy   iqtisodiy  

turg’unlik kuzatildi. Markaziy hokimiyat zaiflashib 

magnatlar kuchaydi, aholini varvarlashuvi, harbiy 

qo’shinlarni buzilishi yuz berdi. Aksincha sharqda 

kuchli  imperator   hokimiyati  mavjud  bo’lib 

provinsiyalar kamroq talandi, shaharlar, savdo-

hunarmandchilik rivojlandi. 

Qo’zg’lon ko’targan vestgot federatlari, Alarix 

boshchiligida  395-396-yillar  Makedoniya  va 

Yunonistonni  taladilar. O’zi varvar bo’lgan rimlik 

sarkarda Stilixon Yunonistonning janubida  Alarix 

qo’shinlarini tor-mor qildi. Sharqiy imperiya Alarix 

bilan shartnoma tuzdi. 

Alarix 401-yilda Italiyaga yurish qildi. Stilixon 

vestgotlarni 2 marta tor-mor qildi va Italiyadan 

haydab chiqardi. Rimga so’ngi marta   triumf 

vestgotlar ustidan  galaba sharafiga   o’tkazildi. 

Baribair rimliklar  vestgotlarni Illiriyada yashashlariga 

ruxsat berishga majbur bo’ldilar.   Italiya 405-yilda  

Konung  Radagays  boshchiligidagi  germanlar 

bosqiniga  uchradi.  Florensiya  yaqinida  Stilixon 

Radagays hujumini   qaytardi. Shu bilan birga 

himoyasiz   qolgan g’arbiy provinsiyalar, german 

qabilalari tomonidan bosib olindi. Stilixon Olarixni 

Rim bilan ittifoq tuzishga  ko’ndirishga urindi, ammo 

tuhmatga uchrab, xoinlikda ayblanib qatl qilindi. 

Stilixon o’limini eshitgan Alarix Rimga yurish 

qilib uni qamal qildi. Alarix 5 ming funt oltin, 30 

ming funt kumush miqdorida tovon olib qaytib ketdi. 

Shundan so’ng Alarix Rimni yana bir necha    bor  

qamal qildi.  410-yil avgust oyida qullar shahar 

darvozasini  ochib berdilar va varvarlar  shaharni 

talon-taroj  qilib,  Alarix  boshchiligidagi  qo’shin 

janubga yurish qildilar.  Yo’lda kasallangan Alarix 40 

yoshida vafot etdi.  Vestgotlar bir necha yildan keyin 

(419-yil)  Akvitaniyada  o’z qitolliklarini tuzdilar.  

Stilixon o’limidan keyin Rimni himoya qiladigan 

birorta  sarkarda  qolmadi.  407-yilda  rimliklar 

Britaniyadan chiqib ketishga   majbur bo’ldilar. 

Janubi-sharqiy  Galliyada   birgund  qabilalari 

Ispaniyaning  shimoli-g’arbida   svevlar  o’rnashib 

olgan  Afrikada poytaxti  Karfagen  bo’lgan  vendal  

qirolligi tashkil topdi. 

Pannoniyada  kelib  chiqishi  Markaziy  Osiyo 

cho’llaridan bo’lgan xunnlar o’rnashib Rimga katta  

xavf  soldilar.  Atilla  (434-453-yillar)   g’ayratli 

sarkarda edi. U xunnlar va boshqa qabilalarni 

birlashtirib,   Markaziy Yevropada ko’chmanchilarni  

kuchli  davlatini tuzdi.  Xunnlar Bolqonga va g’arbiy 

provinsiyalarga yurish qildilar. Ular 450-yil boshida  

Galliyaga bostirib kirdilar.  Xunnlarga qarshi rimlik 

sarkarda  Flaviy Aetsiy frank. alan, burgund, vestgot 

va boshqa qabilalar ittifoqini tuzdi. Hal qiluvchi jang 

Ispaniya va Fransiya chegarasidagi Katalun dalasida 

451-yil  iyunida  bo’lib  o’tdi.   Got  tarixchisi   

Iordannning ma’lumotiga ko’ra   bu jangda har ikkala 

tomondan 300 ming kishi  halok bo’lgan. Bu jangdan 

keyin Attila Reyn ortiga chekindi, 452-yilda  yana 

shimoliy Italiyaga  hujum qildi. Attila 453-yilda vafot 

etdi va uning  davlati tarqab ketdi.  

Varvar qabilalari va qirolliklari  impertiya bilan 

hisoblashmay qo’ydilar.  Biror bir imperator davlatni  

yemirilishini to’xtata olmadi. Imperatorlar Ravenna 

shahrini   doimiy qarorgoh qildilar. Rim xristian 

cherkovi boshlig’i Rara qarorgohi   bo’lib qoldi. 

Afrikada o’rnashib qolgan  vandallar   Ravenna 

imperatorlarini  zaifligidan  foydalanib  Sitsiliya, 

Sardiniya va Korsikaga  bosqin qilar edilar.  Ular 455-

yil Italiyaga yurish qilib Rim  shahrini 14 kun 

davomida talon-taroj qildilar.   Olib keta olmagan 

buyumlarni vandallar yo’q qildilar. Nodir san’at 

asarlari, haykalar, saroylar o’t ichida  qolib, Galliya va 

Ispaniyani mahalliy zodagonlari uzoqdagi ravenna 

imperatorlari bilan aloqa qilganidan ko’ra bosib 

olingan  viloyatlarning  amalda  hokimlari  varavar 

qirollari bilan   hamkorlik qilishni foydali deb 

hisobladilar. 

375-yilda illiriyalik Orest o’zini   14 yoshli 

imperator  taxtiga  o’tkazib   o’zi  hokimiyatni 

boshqardi.  Songi  imperator  Rm  shahrini  va 

imperiyasini  barpo  qilganlar  Romul  afsonaviy 

avgustul ismlariga bo’lib balog’atga yetmagani uchun 

avgust  emas    avgustul  deb  atalar  edi.    O’smir  

imperatorni rimliklar mazaxomuz  avgustcha deyishar 

edi. 
476-yilda  germanlarning skir qabilasidan  bo’lgan 

imperator gvardiyasi  qo’mondoni  Odoakr Rimda 

hokimiyatini bosib oldi. Orest o’lsitildi.   Romul 

avgustul   476-yil 23-avgustda   taxtdan tushirilib  

Neapol yaqinidagi Lukull villasiga surgun qilindi va  

shu yil shu yerda vafot etdi.  Odoakr g’arbiy Rim 

imperiyasi imperatori  unvoni tugatilgani to’g’risida 

senatni rasmiy qarorini olishga erishdi. Imperatorlik 

ramzlari  Konstantinopolga  yuborildi.  Bu  rasman  

Sharqdagi  imperator  hokimiyati   ostida  Rim 

imperiyasining yaxlitligi tiklanganligini bildirar edi. 

Antik dunyo tarixining oxirgi saxifalari imperator 

Yustinian nomi bilan bog’liq. U VI asr o’rtalarida 

Rim huquqini kodifikatsiya qildi. Yustinian kodeksi 

qadimgi  Rimda  huquqning  uzoq  yillardagi 

taraqqiyotini tugallangan holda o’zida aks ettirdi. Shu 

bilan bir aktda Yustinian tomonidan antik tafakkur 

markazi bo’lgan Afinadagi Platon Akademiyasini 

tantanali yopilishi yangi davrning antik davr bilan 



ramziy xayrlashuvi bo’ldi. 
Download 17.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling