Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Keyingi paytlarda pulni foiz bilan qarzga berish (sudxo‘rlik) avj


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Keyingi paytlarda pulni foiz bilan qarzga berish (sudxo‘rlik) avj 
olyapti. Buning shar’iy hukmi qanday bo‘ladi? 
Javob: Sudxo‘rlik Qur’oni karim hukmi bilan qaytarilgan amallardan bo‘lib, u bilan 
shug‘ullanish ulkan gunohdir. Sudxo‘rlik (ribo) – bir kishi ikkinchi kishiga ishlatish uchun 
qarzga pul berib, uni oshig‘i, foizi bilan qaytarib olishidir. Masalan, ming so‘m pul berib, 
bir ming bir yuz qilib qaytarasan, deyish. Har qanday pul mehnat bilan topilishi kerak, 
shuning uchun ribo eng katta gunoh va Alloh ribo yemaslikni buyurgan. Qur’oni karimda 
ochiq-oydin: «Ey mo‘minlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib olish bilan 
sudxo‘rlik qilmangiz. Allohdan qo‘rqingiz! (Shunda) shoyadki, najot topgaysiz!» deyilgan. 
Yana Qur’oni karimda bay’ (oldi-sotdi)ni sudxo‘rlikning o‘zi, deb da’vo qilganlar Qiyomat 
kuni jin chalgan majnun kabi turishlari haqida ogohlantiriladi. Chunki Alloh bayni halol, 
sudxo‘rlikni harom qilgan. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ribo yeydigan va shuni yeyishga sabab bo‘lgan kishilarning 
hammasiga la’nat aytganlar. Imom Termiziyning rivoyatlarida esa sudxo‘rlikka guvoh 
bo‘lgan kishilarga, ya’ni «Falonchi pistonchidan shuncha qarz oldi, falon muddatga ustiga 
shuncha qilib qaytarishi lozim», deb hujjatlashtirib bergan kishiga ham la’nat aytiladi.
Savol: Oilada er va xotinning vazifalari nimalardan iborat? 
Javob: Erning vazifalari quyidagilar: 
1. Ayolning mahrini berish. Nikoh aqdi tuzilayotganda mahr unutilsa ham, ayol unga 
haqli bo‘laveradi. 
2. Nafaqa. Sahih uylanish bitimi erni xotinning asosiy ehtiyojlarini qondirishga burchli 
qiladi. 
3. Birdan ziyod uyli bo‘lsa, o‘rtalarida adolat qilish. 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
4. Tinch-totuv yashash, yaxshi muomalada bo‘lish. 
Xotinning vazifalari quyidagilar: 
1. Turmushga chiqqan xotin eridan boshqaga haromdir. Boshqa bilan nikohdan 
o‘tmaydi. 
2. Xotin eridan shartlashgan mahrni olsa, uning uyiga boradi va unga bo‘ysunib, tobe 
bo‘ladi. 
3. Islom joiz ko‘rgan holatlardan boshqasida faqat er izni-la tashqariga chiqishi 
mumkin. 
4. Erining Islomga zid bo‘lmagan istaklarini ado etadi.
5. Erining Islom doirasidagi tarbiya haqqini qabul qiladi. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling