Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: «Salla mo‘min bandalarning toji», deyishadi. Sizlardan iltimos
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
Savol: «Salla mo‘min bandalarning toji», deyishadi. Sizlardan iltimos,
salla o‘rashning shariatimizdagi hukmi va unga taalluqli masalalarni yoritsangiz. Javob: «Sahihi Buxoriy»ning Badriddin Abu Muhammad Ayniy sharhida (10-juzi) salla haqida vorid bo‘lgan hadislar keltirilgan. Jumladan, Abu Muso rivoyat qilgan hadisda salla o‘rash sunnat ekanligi ta’kidlanadi. Fuqaholar salla borasidagi masalalarni yoritib, bu borada quyidagilarga rioya etish sunnat, deydilar: sallaning matosi oq bo‘lishi, uzunligi yetti gazdan kam bo‘lmasligi (5 metr), tahorat bilan tik turib qiblaga yuzlanib o‘rash, salla o‘rayotganda salovot aytib turish, salla pechini uning pastki qismidan chiqarish, sallani o‘rab bo‘lgach, ko‘zguda tekshirish. Shuningdek, sallani tarqatishda (yozishda) uni bir yo‘la tarqatib yubormay, o‘ramlarni aylantirib tarqatish ham sunnat, deydilar fuqaholar. Sallaning qora matodan bo‘lishi mustahabdir. Chunki Payg‘ambarimiz umrlarida bir bor qora salla kiygan ekanlar. Mazkur kitobda quyidagi hadisi sharif vorid bo‘lgan: «Hazrat Alining o‘g‘illari Hasan (Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin): «Men Rasulullohning (s.a.v.) minbarda qora salla kiyib, pechini ikki yelkalari o‘rtasidan tushirganlarini ko‘rdim», deb aytdilar». Sallaning pechi chap kiftga emas, balki ortga, ikki yelka o‘rtasiga tashlanadi. Bu sunnatdir. Pech miqdori uch tutam bo‘lishi kerak. Salla bilan o‘qilgan ikki rakat namoz sallasiz o‘qilgan yetmish rakat namozdan a’lodir. Dinda savolim bor. 1-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 32 Savol: Sotish niyatida xarid qilingan molning ustiga qancha narx qo‘yib sotish mumkin? Javob: Savdo molga belgilanadigan narxga qarab to‘rt xildir: 1. Musovama. 2. Vazia. 3. Murobaha. 4. Tavliya. Musovama savdosida molning oldingi bahosi e’tiborga olinmaydi. Xaridor sotuvchi bilan o‘zaro tortishib, molni kelishuv asosida baholab oladi. Vazia molni o‘z bahosidan past narxda sotishdir. Murobaha molni kelib tushish narxi ustiga ma’lum bir foyda qo‘yib sotishdir. Bunda qo‘yilgan foyda aniq aytiladi. Tavliya molni kelib tushish narxida sotishdir. Murobaha va tavliya savdolarida oldi-sotdi sohasida tajribaga ega bo‘lmaganlar malaka hosil qiladi va savdo yo‘llari bilan oshno bo‘ladilar. Shuni unutmasligimiz lozimki, mol ustiga qo‘yiladigan foyda miqdori muayyan qilib ko‘rsatilmagan. Ammo ba’zi xaridorlarning g‘o‘rligidan foydalanib molni sotilayotgan qiymatidan oshirib sotish yoki sotuvchining soddaligi tufayli molni o‘z qiymatidan arzonga olish (g‘abni fohish) savdoni buzish huquqini beradi («Radd ul-muxtor»). Kundalik xarid mollarda besh foiz, hayvonlarda o‘n foiz va ko‘chmas mollarda yigirma foizdan ortiq bahoga bay’ berish g‘abni fohish hisoblanadi («Sharhi Ilyos»). Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling