Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: Yangi tug‘ilgan chaqaloqning qulog‘iga azon aytilishi haqida
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
Savol: Yangi tug‘ilgan chaqaloqning qulog‘iga azon aytilishi haqida shariatimiz nima deydi? Javob: Musulmonlar o‘z farzandlariga chiroyli ism qo‘yishlari, xatna qilishlari kabi azon aytib «quloq»larini ochish sunnat amallardan hisoblanadi. Azon aytishdan murod chaqaloqning qulog‘ida ilk bor Alloh va Uning rasuli nomlari yangrashi, qolaversa, musulmonchilikda zurriyotlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish, bunda uni islomiy axloq ruhida tarbiyalash kerakligiga ishorat bor. Hadisi sharifda qulog‘iga azon va iqomat (takbir) aytilgan bolaga jin zarar yetkaza olmaydi, deyiladi. Imom Termiziy va boshqa muhaddislar Rasulullohning (s.a.v.) nabiralari Hasan ibn Aliga (r.a.) azon aytganlarini rivoyat qilishgan. Dinda savolim bor. 1-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 38 Chaqaloqqa aytiladigan azon va iqomat namozniki kabi bo‘ladi. Azon aytuvchi qiblaga yuzlangan holda chaqaloqning avval o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga esa iqomat aytadi. So‘ng yangi farzand haqqiga duolar qilinadi. Savol: Yaqinda farzand ko‘rdik. O’g‘limizga qanday ism qo‘ysak, islomiy yo‘l tutgan bo‘lamiz? Javob: Sir emaski, hozirgi kunda farzandlariga urfdagi, zamonaviy ismlar qo‘yishga intiladigan ota-onalar ham yo‘q emas. Shuning oqibatida Shavkat (sanchqi), Diyor (o‘lka), Toshpo‘lat, Sherzod, Gulrang kabi tumtaroq ismlar ko‘payib boryapti. Vaholanki, dinimiz ko‘rsatmasiga ko‘ra farzandiga chiroyli ism qo‘yish ota-ona uchun sunnatdir. Ular farzandlariga Alloh taologa qulchilikni ifodalovchi, Rasululoh, ulug‘ sahobiylar, allomalar, solih kishilarning ismlarini qo‘yishsa, g‘oyat maqbul bo‘lardi. «Abdu», «Muhammad» qo‘shilgan ismlar eng yaxshi ismlar hisoblanadi. Farzandiga chiroyli islomiy ismlar qo‘yish har bir ota-onaning bolalari oldidagi burchidir. Rasululoh (s.a.v.): «Siz qiyomat kuni o‘z ismingiz va otalaringizning ismi bilan chaqirilasiz, shunday ekan, bolalaringizga chiroyli ismlar qo‘yinglar», deya marhamat qilganlar. Agar-da bolaga islomiy bo‘lmagan ism qo‘yilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish mumkin. Islomga mos kelmaydigan ismlarni Rasululloh (s.a.v.) ham o‘zgartirganlar. Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling