Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Yaxshi va yomon tushlar bo‘ladimi?


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

Yaxshi va yomon tushlar bo‘ladimi? 
Masjid-madrasalarda yurish, havoda uchish, suvda suzish rahmoniy (yaxshi) 
tushlardir. Qabrlar, o‘tlar orasida, so‘yilgan go‘shtlar-u iflos joylarda yurish shaytoniy 
(yomon) tushlardir. Ba’zi rivoyatlarda bog‘u bo‘stonlarda yurish, do‘stlar davrasida 
suhbat qurish, inson xursand bo‘ladigan narsalarni ko‘rish ziyoda umrdan hisob qilinadi, 
deyilgan. Abu Sa’id al-Xudriyning rivoyat qilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Eng rost tush 
sahar vaqtida ko‘rilgan tushdir», deganlar. 
 
Savol: Ayrim kishilar uylariga isiriq, mashinalariga tumor va 
ko‘zmunchoq osib qo‘yishadi. Ularning foydasi bormi? 
Javob: Xalqimizning ayrim qatlamlari orasida ishining rivoj topishi yoki savdosining 
yurishi uchun isiriq tutatish, balo-qazolardan va ofat-falokatlardan himoyalanish uchun 
kiyimlariga, uloviga tumor va ko‘zmunchoq osish, uylariga isiriq, hayvonlarning shoxini 
ilib qo‘yish kabi irim-sirimlar bor. Bularning barchasi Islomda yo‘q narsalar bo‘lib, ularga 
ixlos qo‘yish va amal qilish shirkdan boshqa narsa emas. 
Islom aqidasi boshga keladigan barcha yaxshilik-mushkulotlar faqat Allohdan 
bo‘lishini, balo-qazo va ofat-falokatlardan faqat yolg‘iz Alloh taoloning O’zigina asrashga 
qodirligini, har bir inson taqdiri ilohiysida nima yozilgan bo‘lsa, shuni albatta ko‘rajagini 
uqtiradi.
Demak, nima ishga kirishmoqchi bo‘lsangiz, «Bismilloh» bilan boshlab, Alloh taolodan 
uning rivojini, barakotini, oxiri xayrli tugashini so‘rang. Ko‘chaga yoki safarga ketayotib
Uning O’zidan panoh va omonlik-ofiyat tilang. Har xil balo-qazo, ofat-falokatlardan, turli 
kasalliklardan panohida asrashni faqat Allohning O’zidan so‘rang. Buning uchun Qur’oni 
karim oyatlari va hadisi shariflar orqali juda ko‘p duolar kelganki, ana shularni 
muntazam o‘qib yursangiz, kifoya. Yana qaytarib aytamiz, isiriq, tumor va ko‘zmunchoq 
kabi narsalar sizni hech narsadan asramaydi, hech narsada sizga yordam berolmaydi. 
Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilingan hadislarda quyidagicha aytiladi: «Allohga 
suyanish o‘rniga boshqa sehru jodu, tumorlarga ixlos qo‘ygan kishini Alloh o‘z holiga 
tashlab qo‘yadi (ya’ni, yordam bermaydi)», «Azayimxonlik, tumor taqmoqlik va sehr-
jodu bilan shug‘ullanmoqlik Allohga shirk keltirish bilan barobardir». 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling