Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: Bolaga Abdurasul yo Abdunabi deb ism qo‘yish mumkinmi?
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol: Bir kitobda Jabroil va Azroil ismli farishtalar haqida o‘qidim. Farishtalar o‘zi kimlar Javob
Savol: Bolaga Abdurasul yo Abdunabi deb ism qo‘yish mumkinmi? Javob: Yo‘q, mumkin emas. «Abdu», «qul» so‘zlarini «Alloh» ismidan boshqa so‘zga qo‘shib ism qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun bolaga Abdurasul, Xo‘jaqul, Eshonqul kabi ismlar berish durust emas («Sharhi fiqhul akbar», Ali al-Qori). Savol: Bir kitobda Jabroil va Azroil ismli farishtalar haqida o‘qidim. Farishtalar o‘zi kimlar? Javob: Allohning farishtalari (malaklar)ga imon keltirish imonning asosiy shartlaridan biridir. Farishtalarni Alloh taolo ko‘zga ko‘rinmaydigan qilib jismlarini nurdan yaratgan. Ular qiyomatga qadar Allohga ibodat qiladilar, buyurilgan har xil xizmatlarini ado etib turadilar, keyin o‘lim sharbatini totadilar. Ular hech gunoh ishlarni qilishmaydi, ularda bizdagi kabi yemoq-ichmoq, uxlamoq, so‘zlashmoq, zerikish kabi narsalar, erkaklik va xotinlik ham yo‘q. Ular har xil suratda yaratilgan va turli suratga ham kira oladilar. Farishtalardan ulug‘lari Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofildir. Hazrati Jabroil Allohning kalomini payg‘ambarlarga yetkazishda vositachilik qiladi. Azroil ajali yetgan bandalarning jonini oladi. Mikoil – rizq ulashtirguvchi, Isrofil esa – Qiyomat boshlanganidan darak berib sur chalguvchi farishtadir. Farishtalar son-sanoqsiz bo‘lib, yerda, osmonda va har ikkovining o‘rtasida yurishadi. Ularning sonini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Islom shariatiga ko‘ra, insonni farishtalar qo‘riqlab va nazorat qilib turadilar. Alloh taolo Ra’d surasining 11-oyatida aytadiki: «Uning oldida ham, ortida ham ta’qib qiluvchilar bor. Ular uni Allohning amri ila hifz qilib turadilar». Ya’ni, bandaning har tarafida kuzatib yuruvchi farishtalar mavjud. Ular ikki ishni bajarishadi, ya’ni bandani turli yomonliklardan saqlab turadilar hamda gunoh va savob amallarini yozib boradilar. Savol: Tushda noxush narsa ko‘rsa, nima qilish kerak? Javob: Abdurahmon ibn Sa’iddan shunday rivoyat etiladi: «Yaxshi tush Alloh taolodandur, kimki yaxshi tush ko‘rsa, uni faqat o‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga aytsin, basharti yomon tush ko‘rsa, uning va shaytonning yomonliklaridan Alloh taolodan panoh Dinda savolim bor. 1-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 39 tilab, uch bora (chap tarafiga) tupurib qo‘ysin hamda ko‘rgan tushini hech kimga aytmasin. Shunday qilsa, tushi zarar keltirmagaydir!» Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi biringiz yaxshi tush ko‘rsangiz, u Alloh taolo tarafidan sizga marhamat qilingan bo‘lib, darhol turib Rabbingizga munosib hamdu sanolar aytingiz va tushingizni (o‘zingiz sevgan kishiga) so‘ylangiz! Basharti yomon tush ko‘rsangiz, bilingkim, ul shaytondan sodir bo‘lgandir. Darhol turib shaytonning yomonligidan Alloh taolodan panoh tilangiz va uni birovga aytmangiz! Shunday qilsangiz, tushingiz zarar keltira olmaydur!» deydilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. Tush haqida aytilganki, u go‘yo parrandaning oyog‘iga yopishib qolgan loyga o‘xshaydi. Qush tepaga ko‘tarilganida o‘sha yopishgan loylar tushib ketadi. Shu kabi tush ham birovga aytilmasa, hech qanday zarari tegmay, o‘tib ketadi. Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling