Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Bolaga Abdurasul yo Abdunabi deb ism qo‘yish mumkinmi?


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Bolaga Abdurasul yo Abdunabi deb ism qo‘yish mumkinmi? 
Javob: Yo‘q, mumkin emas. «Abdu», «qul» so‘zlarini «Alloh» ismidan boshqa so‘zga 
qo‘shib ism qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun bolaga Abdurasul, Xo‘jaqul, Eshonqul kabi 
ismlar berish durust emas («Sharhi fiqhul akbar», Ali al-Qori). 
Savol: Bir kitobda Jabroil va Azroil ismli farishtalar haqida o‘qidim. 
Farishtalar o‘zi kimlar? 
Javob: Allohning farishtalari (malaklar)ga imon keltirish imonning asosiy shartlaridan 
biridir. Farishtalarni Alloh taolo ko‘zga ko‘rinmaydigan qilib jismlarini nurdan yaratgan. 
Ular qiyomatga qadar Allohga ibodat qiladilar, buyurilgan har xil xizmatlarini ado etib 
turadilar, keyin o‘lim sharbatini totadilar. Ular hech gunoh ishlarni qilishmaydi, ularda 
bizdagi kabi yemoq-ichmoq, uxlamoq, so‘zlashmoq, zerikish kabi narsalar, erkaklik va 
xotinlik ham yo‘q. Ular har xil suratda yaratilgan va turli suratga ham kira oladilar. 
Farishtalardan ulug‘lari Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofildir. Hazrati Jabroil Allohning 
kalomini payg‘ambarlarga yetkazishda vositachilik qiladi. Azroil ajali yetgan 
bandalarning jonini oladi. Mikoil – rizq ulashtirguvchi, Isrofil esa – Qiyomat 
boshlanganidan darak berib sur chalguvchi farishtadir. 
Farishtalar son-sanoqsiz bo‘lib, yerda, osmonda va har ikkovining o‘rtasida yurishadi. 
Ularning sonini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Islom shariatiga ko‘ra, insonni 
farishtalar qo‘riqlab va nazorat qilib turadilar. Alloh taolo Ra’d surasining 11-oyatida 
aytadiki: «Uning oldida ham, ortida ham ta’qib qiluvchilar bor. Ular uni Allohning amri ila 
hifz qilib turadilar». Ya’ni, bandaning har tarafida kuzatib yuruvchi farishtalar mavjud. 
Ular ikki ishni bajarishadi, ya’ni bandani turli yomonliklardan saqlab turadilar hamda 
gunoh va savob amallarini yozib boradilar. 
 
Savol: Tushda noxush narsa ko‘rsa, nima qilish kerak? 
Javob: Abdurahmon ibn Sa’iddan shunday rivoyat etiladi: «Yaxshi tush Alloh 
taolodandur, kimki yaxshi tush ko‘rsa, uni faqat o‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga aytsin
basharti yomon tush ko‘rsa, uning va shaytonning yomonliklaridan Alloh taolodan panoh 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
tilab, uch bora (chap tarafiga) tupurib qo‘ysin hamda ko‘rgan tushini hech kimga 
aytmasin. Shunday qilsa, tushi zarar keltirmagaydir!» 
Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi 
biringiz yaxshi tush ko‘rsangiz, u Alloh taolo tarafidan sizga marhamat qilingan bo‘lib, 
darhol turib Rabbingizga munosib hamdu sanolar aytingiz va tushingizni (o‘zingiz sevgan 
kishiga) so‘ylangiz! Basharti yomon tush ko‘rsangiz, bilingkim, ul shaytondan sodir 
bo‘lgandir. Darhol turib shaytonning yomonligidan Alloh taolodan panoh tilangiz va uni 
birovga aytmangiz! Shunday qilsangiz, tushingiz zarar keltira olmaydur!» deydilar». 
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Tush haqida aytilganki, u go‘yo parrandaning oyog‘iga yopishib qolgan loyga 
o‘xshaydi. Qush tepaga ko‘tarilganida o‘sha yopishgan loylar tushib ketadi. Shu kabi 
tush ham birovga aytilmasa, hech qanday zarari tegmay, o‘tib ketadi. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling