Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Jinlar bor narsami?


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

Savol: Jinlar bor narsami? 
Javob: Jinlar inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan g‘aybiy narsa bo‘lib, u haqiqatan mavjud 
maxluqdir. Alloh taolo va Uning payg‘ambari xabar bergan, ammo bizga ko‘rinmaydigan 
narsalar g‘aybiy sanalib, ularga imon keltirish islomiy aqidaning asosi hisoblanadi va har 
bir musulmon bunga imon keltirishi lozim.
Jinlarning mavjudligiga Qur’oni karimda dalillar ko‘p: «Ey Muhammad, eslang, Biz 
sizning oldingizga bir guruh jinlarni Qur’on tinglasinlar, deb yuborgan edik» (Ahkof 
surasi, 29-oyat); «Ey jin va ins jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) 
osmonlar va yer chegarasidan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangizlar, u holda o‘tib 
ketaveringlar» (Ar-Rahmon surasi, 33-oyat); «Albatta insdan bo‘lgan (ayrim) kishilar 
jindan bo‘lgan kimsalardan panoh tilashib, ularga yanada haddan oshishini – 
muttahamlikni ziyoda qilur edilar» (Jin surasi, 6-oyat). 
Jinlarning mavjudligi va ularning tabiati haqida Payg‘ambarimiz Muhammaddan (a.s.) 
ham bir necha hadislar rivoyat qilingan. Imom Muslim ibn Mas’uddan (r.a.) ushbu 
hadisni rivoyat qiladilar: «Biz bir tun Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edik, u kishini 
yo‘qotib qo‘ydik... Tong otganda esa u zot Xiro tomondan keldilar. Biz: «ey Rasululloh, 
biz sizni yo‘qotib qo‘yib izladik, lekin topa olmadik va eng yomon tunimizni o‘tkazdik», 
dedik. Shunda Rasululloh: «Menga jinlarning da’vatchisi keldi, u bilan jinlarning oldiga 
bordik. Men ularga Qur’on o‘qidim», dedilar».

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling