Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Yaxshi va yomon tushlar bo‘ladimi?
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
Yaxshi va yomon tushlar bo‘ladimi?
Masjid-madrasalarda yurish, havoda uchish, suvda suzish rahmoniy (yaxshi) tushlardir. Qabrlar, o‘tlar orasida, so‘yilgan go‘shtlar-u iflos joylarda yurish shaytoniy (yomon) tushlardir. Ba’zi rivoyatlarda bog‘u bo‘stonlarda yurish, do‘stlar davrasida suhbat qurish, inson xursand bo‘ladigan narsalarni ko‘rish ziyoda umrdan hisob qilinadi, deyilgan. Abu Sa’id al-Xudriyning rivoyat qilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Eng rost tush sahar vaqtida ko‘rilgan tushdir», deganlar. Savol: Ayrim kishilar uylariga isiriq, mashinalariga tumor va ko‘zmunchoq osib qo‘yishadi. Ularning foydasi bormi? Javob: Xalqimizning ayrim qatlamlari orasida ishining rivoj topishi yoki savdosining yurishi uchun isiriq tutatish, balo-qazolardan va ofat-falokatlardan himoyalanish uchun kiyimlariga, uloviga tumor va ko‘zmunchoq osish, uylariga isiriq, hayvonlarning shoxini ilib qo‘yish kabi irim-sirimlar bor. Bularning barchasi Islomda yo‘q narsalar bo‘lib, ularga ixlos qo‘yish va amal qilish shirkdan boshqa narsa emas. Islom aqidasi boshga keladigan barcha yaxshilik-mushkulotlar faqat Allohdan bo‘lishini, balo-qazo va ofat-falokatlardan faqat yolg‘iz Alloh taoloning O’zigina asrashga qodirligini, har bir inson taqdiri ilohiysida nima yozilgan bo‘lsa, shuni albatta ko‘rajagini uqtiradi. Demak, nima ishga kirishmoqchi bo‘lsangiz, «Bismilloh» bilan boshlab, Alloh taolodan uning rivojini, barakotini, oxiri xayrli tugashini so‘rang. Ko‘chaga yoki safarga ketayotib, Uning O’zidan panoh va omonlik-ofiyat tilang. Har xil balo-qazo, ofat-falokatlardan, turli kasalliklardan panohida asrashni faqat Allohning O’zidan so‘rang. Buning uchun Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar orqali juda ko‘p duolar kelganki, ana shularni muntazam o‘qib yursangiz, kifoya. Yana qaytarib aytamiz, isiriq, tumor va ko‘zmunchoq kabi narsalar sizni hech narsadan asramaydi, hech narsada sizga yordam berolmaydi. Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilingan hadislarda quyidagicha aytiladi: «Allohga suyanish o‘rniga boshqa sehru jodu, tumorlarga ixlos qo‘ygan kishini Alloh o‘z holiga tashlab qo‘yadi (ya’ni, yordam bermaydi)», «Azayimxonlik, tumor taqmoqlik va sehr- jodu bilan shug‘ullanmoqlik Allohga shirk keltirish bilan barobardir». Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling