Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Kimlar bilan nikohlanish harom?


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Kimlar bilan nikohlanish harom? 
Javob:
1. Nasl-nasab va avlod jihatidan nikohi harom bo‘lgan ayollar: 
a) ona, ota-onaning onalari, buva-buvilarning onalari va hokazo; 
b) qizlar, o‘g‘il-qizlarning qizlari va barcha qiz nabiralar; 
v) opa-singillar, aka-uka va opa-singillarning qizlari, qiz nabiralari; 
g) ammalar, xolalar, ota-onaning amma-xolalari. Ularning qizlariga uylanish mumkin. 
2. Nasl-nasab va avlod jihatidan nikohi harom bo‘lgan erkaklar: 
a) ota, ota-onaning otalari, buva-buvilarning otalari va hokazo; 
b) o‘g‘illar, o‘g‘il-qizlarning o‘g‘illari va barcha o‘g‘il nabira-chevaralar
v) aka-ukalar, aka-uka va opa-singillarning o‘g‘illari, o‘g‘il nabiralari; 
g) amakilar, tog‘alar, ota-onaning amaki-tog‘alari. Ularning o‘g‘illariga nikohlanish 
harom emas. 
Savol: Bola qancha emiziladi? 
Javob: Bolani emizish muddati Imomi A’zamning fikrlari ko‘ra, ikki yarim yildir. 
Allohning rasuli (s.a.v.): «Bola sutdan ayrilgach, emikdoshlik sobit bo‘lmaydi», 
deganlar. Hadisdagi «sutdan ayrilish»dan murod muddatdir. Ya’ni, ikki yarim yoshga 
yetmagan bola sutdan ayrilgan bo‘lsa-da, emikdoshlik sobitdir. Ammo ikki yarim 
yoshdan oshganidan keyin boshqa onani emsa, emikdoshlik sobit bo‘lmaydi («Hidoya»). 
 
Savol: Qarindoshga uylanishning noqulay tomonlari bormi? 
Javob: Amma, tog‘a, xola va amakilar mahram, ammo ularning farzandlari 
nomahram bo‘ladi. Demak, xolavachcha, amakivachchalar o‘zaro nikohlanishlari shar’an 
haloldir. 
Ammo begonalarga qaraganda qarindoshlarga uylanishning ba’zi xavfli va noqulay 
tomonlari bor. Ma’lumki, farzandning sog‘lom va baquvvat tug‘ilishida er-xotinning bir-
biriga mehr-muhabbatli va kuchli jinsiy istakda bo‘lishlari g‘oyat ahamiyatlidir. Zero, 
Payg‘ambarimiz ham erkaklarga jinsiy aloqa chog‘i shoshilmaslikni, xotinlarini 
qondirishga harakat qilishni tavsiya etganlar. Ba’zan shunday bo‘ladiki, amakivachchalar 
bir hovlida voyaga yetishadi, bir-birlarini juda yaqin his qilishadi, binobarin, ularda bir-
birlariga nisbatan jinsiy mayl ba’zan umuman bo‘lmaydi. Shuningdek, qarindoshlar 
orasida emikdoshlik ko‘p uchraydi. Mana shu ikki jihat farzandlarning nogiron tug‘ilishiga 
sabablardan asosiylaridir. 
Bugungi ilm-fan bolaning nuqsonli, nogiron tug‘ilishiga asosiy sabab qilib 
qarindoshlarga, ya’ni amakivachcha, xolavachcha, tog‘avachchalarga nikohlanishni 
ko‘rsatmoqda. Qon o‘xshashligi tufayli tug‘ilgan kelishmovchilik qarindoshlar orasida 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
ko‘proq uchrashi do‘xtirlarning shunday xulosaga kelishlariga sabab bo‘lgandir. Ammo 
ular emikdoshlik masalasini yoddan chiqarmoqdalar. Bu xususga noxolis 
yondoshayotganlar Islomning fikrini ham bir o‘ylab ko‘rsalar, haqiqatga yaqinlashgan 
bo‘lar edilar. («Ayollar fiqhi» kitobi asosida tayyorlandi.) 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling