Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: Kishini mast qiluvchi giyohlar yoki aroq bilan oldi-sotdi qiluvchi
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
Savol: Kishini mast qiluvchi giyohlar yoki aroq bilan oldi-sotdi qiluvchi musulmonga shariatimizda qanaqa hukm bor? O’zi musulmon bo‘laturib spirtli ichimliklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishning hukmi nima? Javob: Islomda aroq, yana shariat yo‘l qo‘ymagan narsalar bilan oldi-sotdi qilish va ularni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish man qilingan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Bir-biringizga ezgulik va taqvolik yo‘lida yordam beringiz, gunoh va zulm uzra hamkorlik qilmangiz!» Shubha yo‘qki, aroqni, narkotik moddalarni sotish – zulmga sabab bo‘lish va gunohli ishlarda birovga hamkorlik qilishdir. Bu borada Payg‘ambarimiz Muhammadning (s.a.v.) quyidagi hadislari bor: «Allohga va qiyomat kuniga ishongan kishi aroq ichmasin, Allohga va qiyomat kuniga ishongan kishi aroq ichilayotgan dasturxon oldida o‘tirmasin». «Alloh taolo aroqni, uni ichuvchini, quyib berganni, sotganni va olganni, uni tayyorlovchini, olib kelganni va buyurganni la’natlaydi». Savol: Bemor ko‘rishning ham o‘ziga xos tartiblari bor, deb eshitdik. Shu haqda ma’lumot berolmaysizmi? Javob: Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, mo‘minlarning bir- birlarida haqlari oltita bo‘lib, shulardan biri betob bo‘lganida yo‘qlashdir. Alloh taolo Qiyomat kuni aytadi: «Ey inson farzandi, betob bo‘ldim, meni kelib ko‘rmading». U odam aytadi: «Ey Rabbim, Sen butun olamning Parvardigori bo‘laturib, men Seni qanday ko‘rishim mumkin edi?» Alloh aytadiki: «Falonchi odamni betobligida borib ko‘rmading-ku, agar borganingda uning oldida Meni topgan bo‘larding!» Qarindosh, qo‘shni yoki do‘stlaringizdan birovining xasta bo‘lganini eshitganingiz zahoti uni yo‘qlab ko‘rgani boring. Bordi-yu, uning xastaligi og‘ir bo‘lsa yoki tabiblar Dinda savolim bor. 1-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 33 uning yoniga kirishni man qilgan bo‘lishsa yoxud bu uni bezovta qiladigan bo‘lsa, u holda hol-ahvolini uyidagilardan so‘rash bilan qanoatlanavering. Kasal ko‘rgani borganingizda kasal yonida uzoq o‘tirmang, ko‘ngliga og‘ir keladigan, qayg‘uli so‘zlarni gapirmang, xastaligiga sabab bo‘lgan narsalardan saqlanmagani uchun tanbeh bermang, kasallikning og‘irlashuvi yoki o‘lim bilan qo‘rqitmang. Uning shikoyatlarini iloji boricha erinmay eshiting, peshonasiga qo‘lingizni qo‘ying, chiroyli so‘zlar va sabrga da’vat etish bilan ko‘nglini ko‘taring, oz kunlarda shifo topib, bardam bo‘lib ketishiga tilak bildiring. Alloh taolodan uning salomatligini tiklashni so‘rab duolar qiling. Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling