Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


so‘raladi. Xotin o‘tdim, deydi. Shunda mahr eridan soqit bo‘ladimi?


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

so‘raladi. Xotin o‘tdim, deydi. Shunda mahr eridan soqit bo‘ladimi? 
Javob: Mahr nikoh aqdi bilan ayol mustahiq bo‘lgan mol bo‘lib, naqd yo nasiya etib 
belgilanishi ma’lum. Mahr naqd ado etilganda o‘lgan erning xotinidan mahridan 
kechishni so‘rash o‘rinsizdir. Ammo mahr nasiya bo‘lsa, er vafot etsa, u er zimmasida 
qarz bo‘lib qoladi. Bu holda xotin o‘z mahridan kechsa, marhum eri qarzidan qutilishi 
muqarrar. 
Savol: Bir o‘rtog‘im kesak yeyishini, shusiz yomon ahvolga tushib 
qolayotganini gapirdi, men uni bu ishdan qaytardim. «Inson tuproqdan 
yaralgan, shuning uchun Islomda kesak yeyish haromdir», dedim. Men 
to‘g‘ri qildimmi? Balki o‘rtog‘im tibbiy jihatdan bemorligi tufayli shunga 
ehtiyoj sezayotgandir? 
Javob: Inson ozuqa yo davo sifatida iste’mol qiladigan barcha narsa uning ruhi va 
jismiga ta’sir etishi muqarrar. Shuning uchun ham Islom yeb-ichish masalasiga jiddiy 
e’tibor beradi. Islom xalqum pokligini, halol yeb, halol kasb etishni insonga eng ulug‘ 
farz etib, jism va ruhga zarar beruvchi barcha narsa iste’molini harom deb e’lon etgan. 
Toha surasining 81-oyatida shunday deyiladi: «Sizlarni bahramand qilgan pok 
rizqlarimizdan yenglar va ularga (shukr qilmaslik bilan) haddan oshmanglarki, u 
holda ustingizga Mening g‘azabim tushar. Mening g‘azabim kimning ustiga 
tushar ekan, u muhaqqaq halok bo‘lur». 
Mujtahid ulamolarimiz tuproq yeyishni man qilganlar. 
«Jung» kitobida «Tutun (chekish) tuproq yeyish kabi harom», deyilsa, «Fatovoi 
Qozixon» asarida «Tuproq yeyish karihdir. Zero, uning iste’moli zararlidir. Zararli narsani 
iste’mol qiluvchi o‘zining qotilidir», deyiladi. Shuningdek, «Majmu’-ul fatovo» va 
«Fatovoi Sirojiya»larda ham tuproq yeyish nojoizligi ta’kidlangan. Demak, tuproq 
yeyishning nojoizligi sababi uning inson jismiga zararidir. 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
Shar’an harom narsalar iste’molining, jumladan, tuproq yeyishning tibbiy zarurati 
bo‘lsa, buni faqat xoziq tabiblar tavsiya qilganlarida va shunda ham uning evazi 
bo‘lmasa, shar’an joiz, deyiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Alloh 
taolo dardlaringiz shifosini sizlarga harom qilgan narsalarda qilmagan». 
Siz o‘rtog‘ingizni tuproq yeyishdan qaytarish bilan dinimiz asoslaridan biriga – nahiy 
munkarga amal qilish darajasiga noil bo‘lgansiz. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling