Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Yurtchilik ekan, qishlog‘imizda bir qariya vafot etdi. Farzandlar


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

Savol: Yurtchilik ekan, qishlog‘imizda bir qariya vafot etdi. Farzandlar 
to odamlar to‘plangunicha nima qilishni bilolmay, dovdirab qolishibdi. 
Shunday holatda nima qilish kerak? 
Javob: Kishining o‘limi yaqinlashgani sezilsa, yuzini qiblaga qaratib, o‘ng yonboshi ila 
yotqizib qo‘yish sunnatdir. Bizning o‘lkalarda chalqancha yotqizib qo‘yish ham ixtiyor 
qilingan. So‘ngra xastaning oldida kalimai shahodat aytib turiladi. Xasta ham aytsa, 
boshqa takrorlanmaydi, aytmasa, aytishga majburlanmaydi. Joni chiqqach, iyagi 
bog‘lanadi. Qo‘llari yonga qilinib, oyoqlari juftlab qo‘yiladi. Ko‘zi yumiladi. Qorni shishib 
ketmasligi uchun oyna, pichoq yoki shunga o‘xshash narsa bilan bostirib qo‘yiladi. 
Kiyimlarini yechib, ustini yopib qo‘yish mustahab. So‘ng boshqalarga xabar qilinadi. 
Xush bo‘y taratish uchun atrofida isiriq tutatiladi yoki rayhon qo‘yiladi.
Mayitni avvalo g‘assol qo‘lqop kiyib istinjo qildiradi, keyin tahorat qildiradi: yuzi, 
so‘ngra ikki qo‘li tirsagi bilan qo‘shib, yuviladi, so‘ng boshi mash qilinadi, keyin ikki 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
oyog‘i oshig‘i bilan qo‘shib yuviladi. Shundan so‘ng, avvalo, o‘ng tomoni, keyin chap 
tomoni, yuviladi. Norasida bola bo‘lsa, g‘usl qilish kifoyadir. 
O’lik yuvilayotganda og‘ziga, burniga suv yuborilmaydi, tirnog‘i olinmaydi, sochlari 
taralmaydi. 
Erkaklarning kafani uch qavat bo‘ladi: 1) izor, ya’ni boshidan oyog‘igacha; 2) qamiys 
– bo‘ynidan oyog‘igacha; 3) lifofa – yana boshidan oyog‘igacha. Ayollarning kafani ham 
shu uchalasidan va yana himor (yuziga yopiladi) va xirqa – ko‘krakdan tizzasigacha 
bo‘lgan enli matodan iborat bo‘ladi. 
Shu tariqa kafanlashga mato yetmasa, erkaklarga izor va lifofa, ayollarga izor, lifofa 
va himor kifoyadir. 
Kafan yechilib ketishi xavfi bo‘lsa, bog‘lab qo‘yiladi, bog‘ichlar mayyit lahadga 
qo‘yilganda yechib yuboriladi. 
Kafanlanib bo‘lgach, janoza namozi o‘qiladi. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling