Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Alloh qodir qilib, qurbonlik amalini bajarish nasib etdi. Ammo


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Alloh qodir qilib, qurbonlik amalini bajarish nasib etdi. Ammo 
uning shartlarini bilmayman. Qurbonlikning qanday shar’iy talablari bor? 
Javob: Qurbonlik qilish zakot, sadaqai fitr kabi moliyaviy ibodatdir. 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Zulhijja oyining o‘ninchi kuni hayit namozi o‘qilganidan boshlab, to o‘n ikkinchi 
kunining shomigacha qurbonlik so‘yish vaqtidir.
Kumush zakotining nisobidagi mablag‘ga yo zaruriy ehtiyojidan ortiqcha, qiymati 
kumush nisobi miqdoriga yetadigan mulkka ega bo‘lgan muqim musulmonga qurbonlik 
qilish vojib bo‘ladi. 
Yashayotgan turar joyi, kerakli (uy ichida, ishda va hayitda kiyish uchun) kiyimlari, uy 
anjomlari, mehnat qurollari zaruriy ehtiyojga kiradi. 
Musofirga qurbonlik so‘yish vojib emas. 
Qurbonlik so‘yish vaqtining oxiridagi boylik holati qurbonlikning vojib bo‘lishi uchun 
hisobga olinadi. Ya’ni, kambag‘al kishi qurbonlik so‘yish vaqtining oxiriga kelib kumush 
nisobi miqdoricha boylikka ega bo‘lsa, unga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi, agar boy kishi 
shu vaqtda kambag‘al bo‘lib qolsa, unga qurbonlik so‘yish vojib bo‘lmaydi. 
Qiymati kumush zakoti nisobiga yetadigan yeri bo‘lgan, ammo o‘zi ijarada 
yashayotgan musulmonga qurbonlik so‘yish vojibdir («Muxtasar-ul viqoya»). 
 
Savol: Mening xususiy uyim yo‘q, ijarada o‘tiraman. Ammo nisob 
miqdoridagi pulim bor. Menga qurbonlik vojib bo‘ladimi? 
Javob: Ha, vojib bo‘ladi. Zero, qurbonlik qilish kunlari nisob miqdoridagi pulga yo 
qiymati shunga yetadigan hojatidan oshiqcha molga ega har bir ozod, muqim 
musulmonga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi («Radd-ul muxtor»). 
 
Savol: Qurbonlik so‘yishi vojib bo‘lmagan kishi qurbonlik qilsa 
bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa, qanday niyatda qurbonlik qilishi kerak? 
Javob: Ha, qurbonlik so‘yishi vojib bo‘lmagan kishi qurbonlik qilishi mumkin. Ammo 
qurbonlikka so‘yiladigan hayvonni vojib qurbonlik niyatida emas, sunnat qurbonlik 
niyatida sotib olishi kerak bo‘ladi. Agar uni vojib qurbonlik niyatida sotib olsa, nazr 
qilingan mol kabi go‘shtidan o‘zi va boylar yeyishi mumkin emas. Uni kambag‘allarga 
sadaqa qilishi lozim («Radd-ul muxtor»).

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling