Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Dehqonchilik mahsulotlari va mevalardan ham zakot beriladimi?


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Dehqonchilik mahsulotlari va mevalardan ham zakot beriladimi? 
Javob: Yerlar ikkiga ajratiladi: 
1. Ushr berilishi lozim bo‘lgan yerlar. Xalqi o‘z xohishi bilan musulmon bo‘lgan yoki 
davlat rahbari tomonidan yerni fath qilgan askarlarga bo‘lib berilgan yoki ushr berishi 
hadis bilan (Hijoz kabi) va sahobalarning ijmosi bilan (Basra kabi) sobit bo‘lgan joylar. 
2. Xiroj berishi lozim bo‘lgan joylar . Musulmonlar tomonidan fath qilingan yoki sulh 
bilan qo‘lga kiritilgan va mahaliy xalqning ixtiyorida qoldirilgan yerlar. 
Yilning aksar qismida yomg‘ir va shunga o‘xshash suvlar bilan sug‘orilgan yerlar 
mahsulotidan ushr beriladi. Paqir va shunga o‘xshash narsalar vositasida sug‘orilgan 
yerlar hosilidan yigirmadan biri zakot qilib beriladi.
Ushr berishda yerning xarajatlari chiqarib tashlanmaydi. Shuningdek, mahsulotlar 
olinganidan so‘ng bir yil o‘tishi, nisob miqdori shart emas. Yerdan olingan hosil qancha 
bo‘lishidan qat’i nazar, undan ushr beriladi. 
 
Savol: Dehqonchilik qilaman, ammo ushr berilishi haqida hozirgacha 
bilmagan ekanman. Ushrni qancha va kimga berishim kerak? 
Javob: «Ushr» molning, hosilning o‘ndan bir bo‘lagi, demakdir. Islom shariatiga ko‘ra 
yomg‘ir suvi va jilg‘a, soy suvi bilan o‘sgan g‘alla, beda, mevalarning hamda ana 
shunday yerlardan yig‘ib olingan asalning o‘ndan bir qismini, ya’ni ushrini berish farz 
(majburiy) hisoblanadi. Hosil olgan odam xoh boy yoki kambag‘al, xoh balog‘atga 
yetgan yoki yosh bola bo‘lsin, baribir ushr beraveradi. Ushr ham zakot oluvchilar, ya’ni 
faqir kishilarga beriladi. 
Bordiyu yomg‘ir yog‘maydigan yerlarga charxpalak yoki nasos kabi asboblar bilan suv 
chiqarib ekilgan bo‘lsa, bunda ushr to‘liq berilmaydi, balki yigirmadan bir qismi beriladi. 
Ijaraga olingan yerga ekilgan ekindan ushrni o‘sha ijaraga olib ekkan kishi beradi, ammo 
ba’zi ulamolar yer egasi beradi, deyishadi. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling