Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: Alloh qodir qildi, bu yil zakot bermoqchiman. Buning shar’iy
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
Savol: Alloh qodir qildi, bu yil zakot bermoqchiman. Buning shar’iy
talablari qanday? Dinda savolim bor. 1-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 22 Javob: «Zakot» so‘zi lug‘atda poklanish, orttirish, rivojlanish ma’nolarini ifodalaydi. Istilohda esa, belgilangan miqdordagi molning ma’lum qismini, shartlarga binoan, uni olishga haqdor bo‘lgan kishiga berishdir. Zakot dinimizning besh asosiy ruknidan biridir. Zakot hijratning ikkinchi yili farz qilindi. Uning yuksak va beqiyos hikmatlaridan asosiylari quyidagilardir: 1. Boylarning oxirat azobidan najot topishlari, baxillik kasalidan poklanishlariga sabab bo‘ladi. 2. Faqir va ojiz kishilarga yordam berish, muhtoj kishilarning dardlariga darmon bo‘lish, ularning g‘am va qayg‘ularini yengillatish hissini tarbiyalaydi. 3. Tilanchilar, ishsizlar sonini kamaytiradi, u tufayli jamiyatdagi jinoyatlar, qabihliklar va tartibsizliklar yo‘qoladi. 4. Zakot boylarning juda katta mablag‘lar yig‘ib, kambag‘allarning iqtisodiy mahrum bo‘lishlari natijasida yuzaga keladigan to‘ntarish kabi tartibsizliklardan jamiyatni himoya qiladi. 5. Zakot ne’matning shukronasidir. Chunki Alloh taolo bandalariga badaniy, moliyaviy ne’matlar bergan. Shunday ekan, boy-badavlat kishi kambag‘alligi va daromadi ozligi tufayli boshqalarga muhtoj odamlarga qarab, o‘zini tilanchilikdan, boshqalarga muhtoj bo‘lishdan qutqargan Alloh taologa shukr etmasa, mulkidan juda ham oz qismini faqirlarga bermasa, u naqadar xasisdir. Zakotning rukni unga haqdorni zakot moliga ega qilishdir. Zakot beruvchi kishi zakot niyatida bir faqir yoki yetimning qornini to‘ydirsa, bu xarajati zakot o‘rniga o‘tmaydi. Zakot balog‘atga yetgan, aqlli, ehtiyoj va qarzlaridan tashqari bir qamariy yil to‘lgan nisob miqdoridagi, hukman bo‘lsa ham, ko‘payuvchi mulkka ega musulmonga farzdir. Zakotni ado etish farz bo‘lishi uchun nisobning yil boshida va oxirida mavjud bo‘lishi kifoyadir. Yil o‘rtasida nisob miqdori kamaysa ham, zakot beriladi. Zakotni berayotganida yoki mulkidan ajratayotganida uning zakot ekanini niyat qilish lozim. Faqir olayotgan moli zakot ekanini bilishi shart emas. Molidan zakotini ajratmasdan zakot beruvchi kishi vaqti-vaqti bilan kambag‘allarga mulkidan ehsonlar ulashib tursa, har safar berayotganida zakot, deb niyat qilmasa, bular zakot o‘rniga o‘tmaydi. Keyinchilik: «Mana shu muddat ichida bergan sadaqalarim zakot o‘rniga o‘tsin», deb niyat qilsa ham, zakot o‘rniga o‘tmaydi. Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling