Dinda savolim bor. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Savol: Ba’zan masjidlarda jamoat namozi tugaganidan so‘ng, garchi
kechikib kelganlar hali namoz o‘qiyotgan bo‘lsalar-da, ularga yuzlangan
holda duo qilinadi.
Javob: Bu hol makruhdir. Namoz o‘qiyotgan kishiga, u qaysi safda bo‘lsa-da, yuzlanib
o‘tirish makruh bo‘ladi. («Radd ul-muxtor»).
Savol: Bomdod namozining farziga iqomat aytilgandan so‘ng
imomlikka mustahiq odam kelib qolsa, jamoat uni sunnat namozi
o‘qigunicha kutishi kerakmi? Agar kutsa, iqomat qayta aytiladimi?
Javob: Ha, jamoat imomlikka mustahiq odamni kutib turishi kerak. Ammo iqomat
qayta aytilmaydi. («Radd ul-muxtor»).
Savol: Ko‘pincha jamoat namozi o‘qilayotganida oldingi safda bo‘sh joy
bo‘lsa-da, uni to‘ldirmay, orqa safda turib namoz o‘qiyotganlarni
ko‘ramiz.
Javob: Bu holat jamoat namozi sunnatiga xilof. Oldingi safda bo‘sh joy bo‘lgan
holda
orqa safda turib namoz o‘qish makruh bo‘ladi. Shu boisdan oldingi safdagi bo‘sh joylarni
darhol to‘ldirib olish kerak.
Savol: Jamoat namozida qa’dada tashahhud o‘qimay uxlab qolgan kishi
imom bilan qo‘shilib salom beradimi?
Javob: Yo‘q. U uyg‘ongach, tashahhud o‘qishi va so‘ng salom berishi zarur. Agar
mazkur holda imom bilan qo‘shilib salom bersa, namozi buziladi. («Halabi kabir»).
Savol: Muazzin azon jumlalarining tartibida yanglishib, keyingi jumlani
oldin aytib qo‘ysa, nima bo‘ladi?
Javob: Muazzin azon jumlalarining tartibida yanglishib,
keyingi jumlani oldin aytib
qo‘ysa, qoldirgan jumlani aytgach, oldin aytgan jumlani o‘z o‘rnida yana qayta aytadi.
Ammo azon boshdan qayta aytilmaydi («Halabi Kabir»).
Do'stlaringiz bilan baham: