Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Begona joyda qiblaning qaysi tomondaligini topolmagan kishi


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Begona joyda qiblaning qaysi tomondaligini topolmagan kishi 
nima qiladi? 
Javob: Bizning diyorimizda qibla (Ka’ba) quyosh botar tarafdadir. Aniqrog‘i, quyosh 
yozda qish faslidagidan ko‘ra o‘ngroq tomonda botishidan, quyosh botish chizig‘i uchga 
taqsim qilinadi va ikki hissasi o‘ngda qoldiriladi, chapda qolgan bir hissa Ka’ba tomoni, 
deb qabul qilingan. 
Kimki dushmandan, yirtqich hayvondan yoki o‘g‘ridan xavf qilgani uchun qiblaga 
qarab o‘qishdan qo‘rqsa, qodir bo‘lgan tarafiga qarab namoz o‘qishi joiz. 
Kemada (poezdda) farz yoki nafl namozni o‘qimoqchi bo‘lgan odamga yuzini qiblaga 
qilish vojib bo‘ladi. 
Hatto namoz boshlangandan keyin kema boshqa tomonga qarab burilsa, namoz 
o‘quvchi ham namoz o‘qigan holda yuzini qiblaga to‘g‘rilashi kerak. 
Qiblaning qayoqdaligini bilmagan kishi, oldida so‘raydigan odam bo‘lmasa, o‘zi qasd 
qilib bir tomonga qarab o‘qiydi. Agar namoz o‘qib bo‘lganidan keyin qibladan boshqa 
tarafga qarab o‘qiganini bilib qolsa, namozni qayta o‘qimaydi. Bordiyu namozning ichida 
qiblani aniq bilib qolsa, namozda turgan holda qiblaga qarab buriladi. 
Qiblani qalban qasd qilmay namoz o‘qilsa, qiblaga qaragan bo‘lsa ham, namoz durust 
bo‘lmaydi. Zero qibla noaniq va so‘raydigan kimsa bo‘lmagan holda qalban bir tarafni 
qiblaning tarafi deb qasd etish farz bo‘ladi. 
 
Savol: Qiblaga oyoq uzatib yotsam, kattalar tanbeh berishdi. Nima, bu 
mumkin emasmi? 
Javob: Qibla dunyodaga barcha musulmonlar namoz va boshqa ibodatlarda yuzlanib 
turadigan taraf, Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haramda joylashgan 
– Ka’ba (Baytulloh)dir. Hijratning ikkinchi yilida Alloh musulmonlarga o‘sha tomonga 
yuzlanib namoz o‘qishni buyurgan. Bungacha ular Quddusdagi Aqso masjidiga qarab 
ibodat qilishardi. Haj va Umra qiluvchilar Ka’bani yetti marta aylanib, tavof (ziyorat) 
etishadi. 
Shuning uchun qibla tarafga oyoq uzatib yotish, o‘tirish, u tomonga qarab yoki orqa 
qilib yozilishlik, yosh bolalarni u tarafga qaratib to‘sish makruh hisoblanadi, mumkin 
emas. Bu bilan qiblaga nisbatan tarki hurmat qilingan bo‘ladi. 
Marhumlarga janoza o‘qilayotganda va qabrga qo‘yilganda o‘ng tomoni qiblaga qaratib 
qo‘yiladi. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling