Dinda savolim bor. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
Javob: Ha, Saraxsiyning «Mabsut» kitobida bu haqda hadis keltirilgan. Uning
mazmuni shunday: «Kim ochiq yerda azon va iqomat aytib namoz o‘qisa, mag‘rib va
mashriq orasidagi farishtalar u bilan qo‘shilib namoz o‘qiydilar.
Azon va iqomat aytmay
namoz o‘qigan kishi bilan esa, faqat ikki farishta birga namoz o‘qiydi»,
Savol: Ba’zi muazzinlar iqomatni yurib turib aytishadi, namozxonlar
ham iqomat aytila boshlangandayoq turib ketishadi...
Javob: Bu hol sunnatga xilofdir. Iqomat azon kabi bir joyda turib aytiladi.
Namozni
kutayotgan jamoat esa, iqomatning «Hayya ‘alassolah!» lafzlari
aytilgandagina turishlari
kerak. («Hidoya»).
Do'stlaringiz bilan baham: