Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: E’tikof qanday amal va qay tartibda bajariladi?
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol: Imom bo‘lishga kim haqliroq Javob
Savol: E’tikof qanday amal va qay tartibda bajariladi? Javob: E’tikof Qur’oni karim va sunnati nabaviya bilan sobit bo‘lgan shar’iy amaldir. Rasululloh (s.a.v.) e’tikofni vafot qilgunlaricha aslo tark etmaganlar. Ulamolarimiz bu amalga shunday o‘xshatish qiladilar: e’tikofdagi kishi ulug‘ martabali kishiga hojati tushib «ishimni bitirib bermaguningizcha eshigingizdan jilmayman» deb turib olgan hojatmand kishiga o‘xshaydi. Mo‘‘takif (e’tikof o‘tiruvchi) ham masjidda o‘tirib «gunohimni kechmaguningcha jilmayman» deb Allohga iltijo qiluvchi kishidir. Imom Abu Hanifa (r.a.) e’tikofning eng oz miqdori bir kun desalar, imom Abu Yusuf (r.a.) bir soat o‘tirilsa ham e’tikof hosil bo‘ladi, deganlar. Ayollar o‘z uylarida namoz o‘qish uchun ajratilgan joyda e’tikof o‘tiradilar. Mo‘‘takif masjiddan faqat tabiiy hojatlarini ushatish, tahorat, g‘usl va juma namoziga (bevosita uning vaqtida yo unga ulgura oladigan vaqtda) borish uchun chiqadi. Hojatini ushatgach, bir soat masjidga kirmay ushlanib qolsa, e’tikofi buziladi. Mo‘‘takif masjidda uxlaydi, ovqatlanadi, faqat xayrli so‘zlarni so‘zlaydi. O’z hojatiga zarur narsalarni savdo qilishi mumkin. Savol: Namozni masjidda jamoat bilan o‘qish nima bilan sobit bo‘lgan? Javob: Sog‘lom, balog‘atga yetgan, aqlli erkaklarga besh vaqtdagi farz namozlarini jamoat bilan o‘qish sunnat bilan sobit bo‘lgan vojibdir. Munofiqlargina jamoatdan o‘zini tortadi. Jamoatga bormay, namozni doimo tanho o‘qiydigan kishining guvohligi shar’an qabul qilinmaydi. Jamoat namozida farz namozi bir kishiga (imomga) ergashib o‘qiladi. Imom oldinda, qolganlar uning ortida saf tortib o‘qiydilar. Dinimizda barcha musulmonlarning ilmli, ma’rifatli bo‘lishlari farz bo‘lganidan, har bir musulmon imom bo‘lishi mumkin. Savol: Imom bo‘lishga kim haqliroq? Javob: Imom bo‘lishga birinchi haqdor namoz masalalarini puxta bilgan kishidir. Bu darajaga yetganlar ko‘pchilik bo‘lsa, ulardan qiroat ilmiga mohirrog‘i imomlikka o‘tadi. Bu sohada ham teng bo‘lishsa, yoshi ulug‘i imom bo‘ladi. Dinda savolim bor. 1-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 19 Imomlikka haqli odam turganida boshqaning imom bo‘lishi makruhdir. Jamoat yoqtirmagan kishining imom bo‘lishi ham makruh. Ammo jamoat orasida imomlikka undan boshqa haqdor bo‘lmasa, makruh bo‘lmaydi. Tayammum qilish, mahsiga yo jarohatga mash tortish, shuningdek, o‘tirib ruku’ va sajda qilish darajasidagi zaiflik kishining imomlikka haqdorligini ketkazmaydi. Nafl namozni farz namozni o‘qiyotgan kishiga iqtido qilib o‘qish mumkin. Yosh bola hech bir namozda balog‘atga yetganlarga imom bo‘lishi mumkin emas. Uzrli kishi ham uzri yo‘q odamlarga imom bo‘laolmaydi. Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling