Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
16 Savol: Namozda farzi xilofiya ham bor, deb eshitdim. Farzi xilofiya nima va u nechta? Javob: Farzligi masalasida mazhabimiz mujtahidlari yakdil bo‘lmagan amal farzi xilofiya, deyiladi. Namozda ikkita farzi xilofiya bor. Ular namozdan ixtiyor bilan chiqish va ta’dili arkondir. Namozning barcha arkonlarini ado etgan kishi undan o‘z ixtiyori bilan salom berib chiqishi kerak. Shunga asosan, namozning barcha arkonlarini ado etib bo‘lgach, salom bermasdan oldin o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda tahorati sinib qolsa, namozi buzilgan bo‘ladi. Ta’dili arkon deyilganda ruku, sujud, qiyom va jalsalarni maromida ado etish tushuniladi. Mazkur ijtihodga muvofiq, ta’dili arkon etmagan kishining namozi ham nomaqbuldir. Savol: Fiqh kitoblarida namozdagi vojiblardan biri tumoniya, deb yozilganini o‘qidim. «Tumoniya» nima ekanini tushuntirib bersangiz. Javob: Namozning ruku va sajda holatlarida tana a’zolarining to‘la qarorlanishi «tumoniya» deyiladi. Tumoniya vojibdir. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) namozni shoshib o‘qigan a’robiyga: «Namozingni qayta o‘qi. Eng o‘g‘ri odam namozning ruku va sujudini shoshib, chala ado qilgan kishidir», ma’nosida tanbeh berganlari vorid bo‘lgan («Hadiyyatus-su’luk»). Savol: Masjidga har kuni boramiz, ammo uning odoblarini bilmaymiz. Bu haqda qanday ko‘rsatmalar bor? Javob: Masjid musulmonlar e’tiqodining ko‘zgusidir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:«Masjidga (ko‘ngli) bog‘langan kishini ko‘rsangiz, uning imoniga guvohlik bering». Parvardigori Olam Kalomi majidida marhamat qiladi:«Allohning masjidlarini Allohga va oxirat kuniga imon keltirganlargina obod etadi». Mufassirlar masjidni obod etishni uning nuragan joylarini tuzatish, supurib-sidirish, pok tutish, yoritish, ibodatlarni unda ado etish va uni noloyiq narsalardan asrash, deb tushuntiradilar. Masjidlar pok va muborak makondir. Binobarin, uning qadrini pasaytiruvchi va pokligiga putur yetkazuvchi har qanday ish va harakat makruhdir. Masjidga yoqimsiz hidli narsalarni iste’mol qilib kirish, ichkarida dunyoviy so‘zlarni so‘zlash, ovoz ko‘tarish, savdo-sotiq qilish, yo‘qolgan narsalarni surishtirib jar solish, zaruratsiz masjid hovlisidan o‘tish kabi hatti-harakatlardan saqlanish lozim. Masjid ichida faqat unga taalluqli narsalargina saqlanishi mumkin («Halabi Kabir»). Masjid fanosi (masjidga tutash, yo‘l bilan undan ajralmagan hovli) masjid hukmidadir («Radd ul-muxtor»). Masjid uchun berilgan yer xolis Alloh mulkiga aylanadi. Banda o‘z yerini masjid uchun ajratgach, yer o‘zining haqiqiy egasiga qaytadi. Barcha narsaning haqiqiy moliki Alloh taolodir («Hidoya») Masjid yeriga ekilgan daraxt masjid haqqidir («Hulosatul fatovo»). Yer daromadidan, avvalo, masjid imorati ta’miriga sarflanadi. Ortgan mablag‘ uning ma’naviy imorati – imom va boshqa xodimlarga belgilangan miqdorda taqsimlanadi («Radd ul-muxtor»). Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling