Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
Savol: Bomdod namozini kamdan-kam holda o‘z vaqtida o‘qiyman. 
Goho quyosh chiqib bo‘lganidan keyin yo uni jamoat o‘qib bo‘lgach, 
uyg‘onaman. Qanday qilsam, bomdod namozini vaqtida va jamoat bilan 
o‘qiyman? Maslahat bering. 
Javob: Avvalo, bomdod namozi fazilatini bilib, unga erishishni maqsad qilish kerak. 
Imom Muslim va Termiziy Rasulullohdan (s.a.v.) shunday rivoyat qiladilar: «Kim 
bomdod namozini jamoat bilan o‘qisa, butun kecha namoz o‘qiganlik savobiga erishadi». 
Rasululoh (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Bomdod namozini o‘qigan mo‘min Allohning 
hifzu himoyasida bo‘ladi» (Imom Buxoriy va Tabaroniy rivoyatlari). 
Imom Buxoriy rivoyat qilgan sahih hadisda: «Kim ikki bardni o‘qisa, jannatga kiradi», 
deyilgan. Ikki bard – bomdod va asr namozlaridir. 
Ikkinchidan, musulmon odam bomdod namozini qoldirish qanchalar og‘ir ekanini 
bilmog‘i lozim. Rasululloh (s.a.v.): «Munofiqlar uchun eng og‘ir namoz – xufton va 
bomdod namozidir», deganlar. 
Bu aytilganlarga qanoat qilgan mo‘min bomdod namozini vaqtida o‘qish uchun yana: 
erta yotishi; bomdod namoziga turmoq uchun niyat va qaror qilishi; uxlashdan oldin 
tahorat olishi va Allohni yodlab uyquga ketishi; uyqudan uyg‘ongan zahotiyoq Alloh 
taoloni zikr etishi; namozga turmoq uchun ahli oilasidan va solih kishilardan yordam 
so‘rashi; Parvardigorga iltijo qilib, bomdod namozini jamoat bilan ado etishga muvaffaq 
qilishini so‘rashi; qo‘ng‘iroqli soatdan foydalanishi kerak. 
 
Savol: Imom juma mav’izasini qilib turgan paytda nafl namoz o‘qisa 
bo‘ladimi? Umuman, masjidga kirganda o‘qiladigan nafl namoz haqida 
ma’lumot bersangiz. 
Javob: Masjidga kirganda o‘qiladigan nafl namozni Tahiyyatul masjid («tahiyyat» 
salomlashish, so‘rashish ma’nosidadir) namozi, deyiladi. Ushbu ikki rakatli namozni ado 
etish sunnat. Chunki Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Qaysi biringiz masjidga kirsa, ikki 
rakat nafl namoz o‘qimay o‘tirmasin», deganlar. 
Hanafiy mazhabi bo‘yicha, mazkur namoz farz namoz o‘qilmayotgan va namoz o‘qish 
makruh bo‘lmagan vaqtlarda ado etiladi.
«Tahiyyat» o‘qishga tahoratsizlik yoki boshqa narsa sababidan imkoniyat bo‘lmasa, 
«Subhanalloh, alhamdulillah, va lailaha illallohu vallohu akbar» deyilishi sunnatdir. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling