Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: Hayz kunlari faqat toq – uch, besh, yetti, to‘qqiz kun bo‘ladimi
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol: Namoz o‘qiyotgan kishining tahorati sinsa, o‘zini qanday tutadi Javob
Savol: Hayz kunlari faqat toq – uch, besh, yetti, to‘qqiz kun bo‘ladimi, hech juft bo‘lmaydimi? Javob: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadisi muboraklarida shunday deydilar: «Bokira va beva ayol hayzining eng oz muddati uch kecha-kunduz bo‘lib, ko‘pining muddati o‘n kecha-kunduzdir» («Hidoya»). Binobarin, hayz kunlari toq yoki juft bo‘lishi mumkin. Bu har bir ayolning o‘z odatiga qarab kechadigan jarayondir. Savol: Hayzli ayolga nimalar harom? Javob: Hayz va nifosli ayolga quyidagi ishlar harom: 1. Namoz o‘qish. 2. Ro‘za tutish. 3. Qur’oni karim o‘qish. 4. Eri bilan jinsiy aloqa. 5. Masjidga kirish. 6. Qur’oni karimni ushlash. 7. Ka’bani tavof qilish. Savol: Najasli kiyimni kiygan kishi terlasa, badani najas bo‘ladimi? Javob: Ha, kiyimi najas bo‘lgan kishi terlasa, uning ho‘l badaniga najas kiyimning tegishi sababli badani najas bo‘ladi. Shuning uchun badanini yuvishi yo cho‘milishi kerak. Dinda savolim bor. 1-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 12 Savol: Ba’zi hollarda badan qashilganida bo‘rtmachalardan qon chiqib ketadi, yuvish noqulay bo‘lgan joylarda ana shunday o‘rinlar qanday poklanadi? Javob: Badanning yuvish noqulay bo‘lgan o‘rinlari najas bo‘lganida alohida uchta namlangan latta bilan yoki bitta lattaning uch joyi bilan va yo paxta bilan uch bor artilsa, toza bo‘ladi. Savol: Namoz o‘qiyotgan kishining tahorati sinsa, o‘zini qanday tutadi? Javob: Namoz o‘qiyotgan kishining tahorati sinsa, qayta boshdan o‘qish fazilatlidir. Shunday bo‘lsa-da, quyidagi shartlar topilganida yangidan tahorat olib, namozini davom ettirish mumkin: birinchidan, tahoratning sinishida va sababida uning (bandaning) ixtiyori bo‘lmasin; ikkinchidan, tahoratni sindirgan narsa g‘uslni vojib etuvchi bo‘lmasin; uchinchidan, kam uchraydigan (masalan, hushdan ketish kabi) holat bo‘lmasin; to‘rtinchidan, tahorati singan holda namoz ruknlaridan birini ado etmasin; beshinchidan, tahorat qilishga ketayotgan holda ham namozning biror ruknini bajarmasin; oltinchidan, mazkur holda tahorati singandan so‘ng yana o‘z ixtiyori bilan tahorat sindirmasin; yettinchidan, zarurati bo‘lmagan ishga qo‘l urmasin; sakkizinchidan, tahorati singach, zudlik bilan tahorat qilishga ketsin, uzrsiz turib qolmasin; to‘qqizinchidan, tahorat qilguncha mashining muddati o‘tib qolmasin yo tayammum bilan o‘qiyotgan bo‘lsa, suv topilib qolmasin; o‘ninchidan, unutib o‘qimagan namozi yodiga tushib qolmasin; o‘n birinchidan, jamoat bilan o‘qiyotgan bo‘lsa, jamoat namozni tugatmagan bo‘lsa, jamoatdan qolmasin. Bu shartlar topilmaganida namoz o‘qiyotgan kishining tahorati sinsa, tahorat qilib, namozni qayta boshdan o‘qishi kerak bo‘ladi. Jamoat namozida tahorati singan kishi burnini ushlagan holda namozdan chiqishi mustahab bo‘ladi. Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling