Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: Kishi tayammum qilib, mahsi kiydi. U agar suv topsa, mahsisiga
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
Savol: Kishi tayammum qilib, mahsi kiydi. U agar suv topsa, mahsisiga mash tortishi joizmi? Javob: Unga mash tortmaydi. Rasulullohning, (s.a.v.), «...men ularni tahoratli oyoqqa kiyganman», degan so‘zlariga binoan, u tayammum emas, tahorat olgan bo‘lishi kerak. Agar tayammum qilgan bo‘lsa, so‘ngra suv topsa, mash tortmaydi. Dinda savolim bor. 1-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 11 Savol: Tahoratda yuviladigan a’zolarda yara yoki kasallik bo‘lganida qanday tahorat olinadi? Javob: Tahoratda yuviladigan a’zolarining birida yara yoki kasallik bo‘lganida issiq suv bilan yuvish ham kishining sog‘ligiga zararli bo‘lsa, yuvilmaydi, balki ho‘l qo‘l bilan ustiga mash tortiladi. Agar mash tortish ham zarar yetkazadigan bo‘lsa, bu amal ham tark etiladi. Agar bunday kasallik tahoratda (g‘uslda) yuviladigan a’zolarning ko‘p qismini qamrab olgan bo‘lsa, tahorat yoki g‘usl o‘rniga tayammum qilinadi. Savol: «G’assol murdani yuvgandan so‘ng o‘zi ham yuvinib olmasa, janoza namozini o‘qishi mumkin emas» degan tushuncha asoslimi yo xatomi? Javob: «G’assol murdani yuvgach, o‘zi ham yuvinishi vojib», deyilgan hukm fiqhiy kitoblarimizda yo‘q. Ammo yuvinishi mustahab, deyilgan. Demak, g‘assol janoza namozidan oldin imkonini topsa, g‘usl qilib olishi maqbul ishlardan, lekin shart emas, ya’ni, imkoni bo‘lmasa, yuvinmasdan janoza namoziga qo‘shilishi mumkin. Zero, janoza namozida hozir bo‘lish uning zimmasidagi va marhum birodari oldidagi burchidir. Demak, siz yo‘llagan savoldagi tushuncha xato. Savol: Ayollardan doimiy kelib turadigan sarg‘imtil sizinti tahoratni sindiradimi-yo‘qmi? Javob: Rasuli Akramdan (s.a.v.): «Tahoratni nima buzadi?» deb so‘raganlarida Nabiy alayhissalom: «Ikki yo‘ldan chiquvchi narsa», deb bayon qildilar. Binobirin, ikki yo‘ldan chiquvchi har qanday narsa tahoratni sindiradi. Ammo fuqaholar erkak va ayolning oldi a’zolaridan chiquvchi hidsiz yelni bundan istisno etib, «tahoratni sindirmaydi», deyishgan (Muhiyt). Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling