Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

kirishadilar. 
Javob: Bunday qilish makruh. Tahoratga tegishli amallar orasiga boshqa amallarni 
qo‘shish sunnatga xilofdir. Sunnatga ko‘ra tahorat amallari orasiga begona amal 
kirmasligi kerak. («Hazonatul-fiqh»). 
 
Savol: Kishiga qachon g‘usl qilish vojib bo‘ladi? 
Javob: Islom dini musulmon erkak va ayollarga jimo’dan so‘ng, ehtilom bo‘lish 
(bulg‘anib qolish)dan so‘ng, ayollarga esa hayz va nifos (chilla)dan so‘ng g‘usl (gavda 
tahorati)ni vojib qilgan. G’usl qilmaguncha inson junublikdan chiqmaydi. Rasululloh 
(s.a.v.) aytganlar: «Allohning har bir mo‘mindagi haqqi yetti kunda bir marta butun 
a’zosini yuvib, g‘usl qilishligidir». Payg‘ambar alayhissalom mo‘minlarga juma kuni g‘usl 
qilishni buyurganlar. Amaliy va tibbiy tajribalardan ma’lumki, g‘usl kishilarni turli 
nopokliklardan tozalabgina qolmay, jimo’ tufayli yo‘qotilgan kuch-quvvatni tiklash va 
tanani tetiklashtirish uchun ham xizmat qiladi. 
 
Savol: G’usl qilmay turib so‘zlashsa yoki ovqatlansa bo‘ladimi? 
Javob: Rasulullohning zavjalari Oisha onamiz rivoyat qiladilarki, Rasululloh ramazon 
kunlarida saharlikda vaqt ziq bo‘lib qolsa, yuz-qo‘llarini yuvib, og‘izlarini chayib 
ovqatlanaverardilar. Saharlik taomini tugatib bo‘lganlaridan so‘ng subhdan keyin 
ustlaridan suv quyib olardilar. Demak bundan xulosa chiqadiki, g‘usldan oldin so‘zlashsa 
yoki ovqat yesa, zarari yo‘q ekan. 
Savol: Mahsi kiyish va mash tortish odoblari qanday? 
Javob: Mahsi kiyish va mash tortishning uchta sharti bor: 
a) Tahoratli oyoqqa mahsi kiysa, unga mash tortish joiz. Payg‘ambarimiz alayhissalom 
Mug‘iyra ibn Sho‘‘baga, (r.a.), u Nabiyning (s.a.v.) mahsilarini yechmoqchi bo‘lganida: 
«Ularni qo‘y, men ularni tahoratli oyoqqa kiyganman», deb aytganlar. 
b) Faqat tahorat olishda mash joiz. Junub kishi mash tortishi mumkin emas. 
v) Mash muddatiga rioya qilish. Muqim uchun bir kecha- kunduz. Musofir uchun uch 
kecha-kunduz. Savfon ibn Assal (r.a.) shunday deganlar: «Rasululloh (s.a.v.), safarda 
bo‘lsak, bizlarga mahsilarimizni uch kecha-kunduz yechmaslikni buyurar edilar». Ali ibn 
Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Nabiy (s.a.v.), mash muddatini musofir uchun uch 
kecha-kunduz va muqim uchun bir kecha-kunduz qilib belgilaganlar. Ba’zi insonlar bu 
muddatni besh vaqt namoz uchun deb xato o‘ylashadi. Balki bu yigirma to‘rt soat muqim 
uchun, yetmish ikki soat musofir uchun. Bu muddat tahoratni sindirganidan so‘ng 
birinchi tortilgan mashdan boshlanadi va inson bu muddatda besh vaqtdan ko‘p namoz 
o‘qishi mumkin. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling