Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: G’uslni lozim qiladigan holatlarni bilaman, ammo g‘usl hisobga


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

Savol: G’uslni lozim qiladigan holatlarni bilaman, ammo g‘usl hisobga 
o‘tishi uchun qaysi tartibda olinishini yaxshi bilmayman. Shu haqda 
ma’lumot berolmaysizlarmi? 
Javob: Islom tom ma’noda poklik dinidir. U insonning botini va zohirining pokligiga 
birday e’tibor beradi. Poklikni imonning teng yarmi deb qayd etib, iflosliklardan 
tozalanishni barcha mo‘minlarga farz qilgan. Ig‘vo, hasad, tuhmat, yolg‘onchilik, fitna, 
g‘iybat kabi ichki (botiniy) iflosliklardan poklanishning sharti tavbai nasux (gunohga aslo 
qaytmaslikka jazm) bo‘lsa, tashqi (zohiriy) iflosliklardan poklanish g‘usl (cho‘milish) 
bilan bo‘ladi. Uzrli hollarda tayammum ham g‘usl o‘rniga o‘tadi. 
Besh holdan so‘ng: 
1) jinsiy aloqa; 2) shahvat bilan maniy (urug‘) chiqishi; 3) ehtilom (uyquda 
bulg‘anish); 4) hayz va 5) nifosdan so‘ng g‘usl qilish farzdir. 
Juma, arafa hamda ikki hayit uchun, shuningdek, haj yo umraga ehrom bog‘lash 
oldidan g‘usl qilish sunnatdir («Majmaul fatovo»). 
G’usl komil bo‘lishi uchun uning farz va sunnatlarini bilish muhimdir. G’uslning uch 
farzi bor: 1) og‘izni g‘arg‘ara qilib yuvish; 2) burunni dimoqqacha (dimoq achishgulik 
darajada) chayish va 3) butun badanni qoldirmay yuvish. Ayollarning sochi o‘rilgan 
bo‘lsa, uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini 
ho‘llash ham lozim emas («Hidoya»). 
 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
Savol: Ko‘pchilik namozxonlar tahorat oldidan tayyorgarlik 
ko‘rishmaydi. Masalan, oyoqlarni yuvish navbati kelgandagina 
paypoqlarini yechishadi. Bir oyoqdagi paypoq yechilib, oyoq yuvilgach, 
yana paypoqni kiyib, so‘ngra ikkinchi oyoqning paypog‘i yechiladi va 
yuviladi. Ba’zilar o‘rtada bir artinib olib, so‘ngra oyoqni yuvishga 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling