Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Ba’zilarning namoz o‘qiyotganda og‘irliklarini bir oyog‘idan


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Ba’zilarning namoz o‘qiyotganda og‘irliklarini bir oyog‘idan 
ikkinchisiga solib, chayqalib turganini ko‘ramiz. 
Javob: Bunday qilish sunnatga xilofdir. Namoz o‘qishda og‘irlikni ikki oyoqqa birday 
solib, chayqalmasdan tik turiladi. 
 
Savol: Sajda qilayotganda oyoqlarning panjalarini yerdan ko‘tarsa, 
namozga xalal yetadimi? 
Javob: Sajda holida ikkala oyoqlarining ham panjalarini yerdan ko‘targan kishining 
namozi buziladi («Hidoya»). 
 
Savol: Ayollarning qadami (oyoq tagi) avratmi? Ular namozni paypoq 
kiyib o‘qishlari kerakmi? 
Javob: Ayollarning qadami namozda yopish lozim bo‘lgan avrat emas. Shuning uchun 
paypoq kiymay namoz o‘qishlari joiz. Unga nomahram erkaklarning qarashi haromdir 
(«Sirojiya»). 
 
Savol: Ba’zilar sajdaga borishdan oldin shimining poychalarini bir 
ko‘tarib olishadi. Yoki sajdadan tik bo‘lishda chopon yo yaktagining 
etaklarini to‘g‘rilab, keyin qo‘llarini bog‘laydi. 
Javob: Bunday qilish makruhdir. Agar bunday ish bir ruknda uch bora takror qilinsa, 
namoz buziladi («Radd ul-muxtor»). 
 
Savol: Qiyomdan sajdaga borishda ko‘plar rukuga o‘xshatib, oldinga 
egilib so‘ng sajda qilishadi. 
Javob: Bu hol xatodir. Bir rakatda ikki bor ruku qilish bo‘lib, sajdai sahvni lozim 
qiladi. Aslida tizzalar yerga tekkuncha tik tushib, so‘ng sajdaga borish kerak («Radd ul-
muxtor»). 
 
Savol: Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi 
namozini qanday ado etadi? 
Javob: Namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. 
So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi. 
(«Radd ul-muxtor») 
 


Dinda savolim bor. 1-kitob 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling