Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Azon aytilganidan so‘ng namoz o‘qimay masjiddan chiqib ketish


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Azon aytilganidan so‘ng namoz o‘qimay masjiddan chiqib ketish 
mumkinmi? 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
Javob: Azon aytilgan masjiddan shu vaqt namozini o‘qimagan kishining chiqib ketishi 
makruhdir. Ammo boshqa masjid jamoat namozi sizga bog‘liq bo‘lsa yo azon aytilgan 
vaqt namozini o‘qib olgan bo‘lsangiz, chiqib ketishingiz makruh bo‘lmaydi. Peshin va 
xufton namozlarini o‘zingiz o‘qib masjidga borgan bo‘lsangiz, ularga iqomat aytilganida 
masjiddan chiqishingiz makruhdir. Bomdod, asr va shom namozlarini o‘zingiz o‘qib 
masjidga borganingizda ularga iqomat aytilganida masjiddan chiqib ketishingiz makruh 
bo‘lmaydi. 
 
Savol: Masjid hovlisida janoza o‘qiyotganimda bir gal yonimdagi kishi 
tuflisini yechib, ustiga turib o‘qidi. Sababini so‘ray olmadim. Odatda 
ko‘pchilik oyoq kiyimida o‘qiyveradi-ku? Bunda jiddiy farq bormi? 
Javob: Janoza namozini ham boshqa namozlar kabi pok joyda ado etish shartdir. 
Najas ustida turib o‘qilgan namoz durust bo‘lmaydi. Odatda oyoq kiyimlar bilan har xil 
joyda yurilganidan ularning najasdan xoli bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Shuning uchun 
janoza namozida imomdan boshqa odamlar joynamozda turmaganliklari uchun oyoq 
kiyimlarini yechib, uning ustiga oyoqlarini bosib turishlari kerak. Bunda oyoq kiyimi ikki 
qavat kiyim hukmiga o‘tadi. Qavilmagan ikki qavat kiyimning bir qavati nopok bo‘lsa, 
ikkinchi pok qavatida namoz o‘qish joizdir («Muxtasar ul-viqoya» va «Hadiyyatus su’luk» 
kitoblari asosida tayyorlandi). 
 
Savol: Kunlar isib qoldi. Ko‘chada yurib yo ishlab badan terlaydi, 
hidlanadi. Shu holda, umuman, yomon hid bilan masjidga kirish 
mumkinmi? 
Javob: Islom tom ma’noda poklik dinidir. Shuning uchun ham tahorat va g‘usl farz 
qilingan. Maqsad: musulmon kishidan hech kim ozorlanmasin. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
shunday ta’lim berganlar: «Kim sarimsoq, piyoz va ko‘k piyoz yegan bo‘lsa, 
masjidimizga yaqinlashmasin, chunki farishtalar odam bolasi ozorlanadigan narsadan 
ozorlanadi» (Imom Muslim rivoyatlari). Bu gap terlab, badanlari yoki kiyimlarida badbo‘y 
hid bilan masjidga kiruvchilarga ham tegishlidir. Ammo tamaki va nosvoyga kelsak, 
ularni chekish haromdir. Tamaki va nosvoyning hidi esa yuqorida aytilganlardan ham 
jirkanchdir. Uning badbo‘y hididan insonlar va farishtalar ozorlanadi. Shuning uchun 
chekadigan va nos otadigan kishi bu illatlardan tezda qutilishi zarur. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling