Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
 
Savol: Shukr nima? Uning ma’nosi va ado etilishi qanday bo‘ladi? 
Javob: Yaxshilik qiluvchining yaxshiligini mamnunlik ila e’tirof etishni ulamolar 
«shukr» deyishgan. Ular shukrning uch qismdan, ya’ni, qalb shukri, til bilan shukr va 
amaliy shukrdan iboratligini ham bayon qilishgan. 
Har bir inson o‘zining barcha holi, kuch-quvvati, sog‘-omonligi, boyligi, mansabi 
Allohdan ekanligini bilib, iqror bo‘lishi qalb shukridir. Shukrning bu turi barchaga farzdir. 
Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi:«Sizlar erishgan barcha ne’matlar Alloh 
taolodandir» (Nahl, 53). 
Til bilan shukr minnatdorlikda bo‘lish va sano aytish bilan ado etiladi. Vaz-Zuho surasi 
oxirgi oyatining taqozosi shunday. 
Toatlarni davomli ado etish va gunohlardan saqlanish amaliy shukrdir. Rasuli Akram 
(s.a.v.) namozda uzoq turishlari sababli muborak oyoqlari shishib ketardi. Buni ko‘rgan 
sahobiylar: «Yo Rasulalloh! Parvardigor sizni yorlaqagani shubhasiz. Shunday ekan, bu 
hol nechun?» deb so‘raganlarida, Rasuli Akram (s.a.v.): «Shukrli banda bo‘lmayinmi?» 
deb javob berdilar. (Imom Buxoriy). Bu va Oli Imron surasining 123-oyati mazmuniga 
binoan Allohdan qo‘rqish, uning amru nahyilariga rioya etish bilan Alloh bergan 
ne’matlarning amaliy shukri keltiriladi. 
Insonlarning o‘zaro munosabatidagi shukr yaxshiliklarni yoqlash, ezgu ishda amaliy 
yordam ko‘rsatish bilan ado etiladi. 
 
Savol: Majusiylar kimlar, ular ham ahli kitob sanaladimi? 
Javob: Avvalo ahli kitob kimlar ekanligini bilish zarur. 
Shariatimizda Alloh taolo nozil etgan kitoblarga amal qilganlar «Ahli kitoblar» deb 
aytiladi. Binobarin, yahudiylar va nasroniylar ahli kitobdir. Yahudiylar «Tavrot»ga, 
nasorolar esa «Injil»ga amal qiladilar. 
Qur’oni karim oyatlarida yahudiylar va nasroniylar ahli kitob, deb zikr etilgan. Qur’oni 
karimdan muqaddam Injil, Tavrot va Zabur nozil qilingandir. Ammo, hozir yer yuzida 
Zabur ta’limotiga ergashadigan xalq yo‘q.
Majusiylarga kelsak, ular otashparast, butparast, sanamparast va jussaparast 
kishilardir («Hidoya»). 
Majusiylarning samoviy kitoblari yo‘q. Shuning uchun ular olov, quyosh, oy, ba’zi bir 
hayvonlar va yulduzlarni iloh deyishib, ularga sig‘inishadi. Demak, majusiylar ilohiy 
kitoblarga ergashmaydigan qavmlardandir. 
Ja’far ibn Muhammad rivoyat qiladilar. Umar ibn Xattob (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v) 
sahobalarining oldilaridan o‘tayotganlarida ularning ichida Abdurahmon ibn Avf (r.a) 
ham bor edi. Shunday dedilar: «Mana bu qavmlar bilan, ya’ni, majusiylar bilan nima 
qilishni bilmay turibman, bular arablardan ham va ahli kitoblardan ham emas» (Tafsiri 
Qurtubiy). 
Majusiylar to‘g‘risida ulamolarimiz quyidagi hukmda yakdillar: «Majusiylar so‘ygan 
hayvonlarning go‘shti yeyilmaydi va ularning ayollariga uylanilmaydi, chunki ular ahli 
kitob emasdir». 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling