Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: Alloh taoloni «haqiqiy tanish»ni sharhlab berishingizni iltimos
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
Savol: Alloh taoloni «haqiqiy tanish»ni sharhlab berishingizni iltimos
qilaman. Javob: Alloh taoloning sherigi yo‘q. U barcha aybu nuqsondan pok va ushbu komil sifatlarga ega zotdir: 1. Hayot - Alloh taolo azalu abad tirikdir. Tirikligi biz kabi emas. 2. Qudrat - Alloh taolo xohlagan narsasiga qodirdir. 3. Ilm - Alloh taolo har bir narsani bilguchidir, Hech narsa uning ilmidan tashqarida emas. 4. Sam’ - Alloh taolo eshitguchidir, eshitishi maxluqlar kabi quloq bilan emas. 5. Basar - Alloh taolo barcha narsani ko‘rguvchidir. Ko‘rishi bizning tasavvurimizdagi ko‘z bilan emas. 6. Kalom - Alloh taolo so‘zlaguvchidir. So‘zlashi insonlarning so‘zlashiga o‘xshamas. 7. Iroda - Alloh taolo xohlagani bo‘ladi. Nimaning bo‘lishini xohlasa, bo‘ladi. Nimaning bo‘lmasligini xohlasa, bo‘lmaydi. 8. Takvin - Alloh taolo yo‘qdan bor qilguvchidir. Shunday e’tiqodda bo‘lish Alloh taoloni haqiqiy tanishdir («Aqoidi Nasafiya» kitobi asosida tayyorlandi). Savol: «Alloh» o‘rniga «Tangri» desa bo‘ladimi? Javob: Bizning ota-bobolarimiz musulmon bo‘lishlaridan avval ham yaratuvchi zot borligiga ishonib yashar edilar. Har qavmning o‘ziga xos diniy e’tiqodi mavjud bo‘lgan. Turkiy xalqlar yaratuvchi zot sifatida «Tangri»ga ishonar edi. Bu so‘z «ibodat qilinadigan zot» ma’nosida bo‘lib, arab tilidagi «Iloh», frantsuzchadagi «Dieu», fors tilidagi «Xudo» va inglizchadagi «God» bilan ayni ma’noni ifoda qiladi. Ammo bu so‘z Yaratuvchining butun asmoul husnasini (go‘zal ismlarini) o‘z ichiga olgan va ismi zot bo‘lgan «Alloh» so‘zining ma’nosini bera olmaydi. «Alloh» deganda qudrati butun koinotda aks etgan benazir bir zot tushuniladi. Ya’ni, u zot ma’budi mutlaq, xoliqi mutlaq, maqsudi mutlaq, razzoqi mutlaq bo‘lgan Allohning xos ismidir. «Tangri» deyilganda yunonliklar Zevsni, misrliklar Anis buqasini va hindlar o‘zlarining sigirlarini tushunadilar. Shuning uchun ham bir inson «Alloh» o‘rniga «Tangri»ni ishlatsa xato qilgan bo‘ladi. Zero, bizning tangrimiz Alloh, ammo ilohimiz Tangri emas. Shu tufayli «La ilaha illalloh» deymiz, ammo «La Alloha illalloh» deya olmaymiz. Ko‘rib turganimizdek, avvalo butun «ilohlar, tangrilar» inkor qilinib, so‘ngra ma’budi mutlaq bo‘lgan Alloh bordir, deyilmoqda. Dinda savolim bor. 1-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 6 «Mavludi sharif» muallifi Sulaymon Chalabiy bu ikki kalima orasidagi farqni quyidagi baytlarida juda chiroyli ifoda qilganlar: «Birdir Alloh, undan boshqa Tangri yo‘q». Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling