Silikatlar texnologiyasi gips uchun bo`glash muddatini aniqlash


Download 14.97 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi14.97 Kb.
#1522495
Bog'liq
SILIKATLAR TEXNOLOGIYASI


SILIKATLAR TEXNOLOGIYASI
Gips uchun bo`glash muddatini aniqlash
Bog`lash muddatini aniqlaydigan asbob metalldan ishlangan harakatlanuvchi tayoqcha latun halqa va shisha plastinadan iborat. Tayoqchaning pastki qismida uzunligi 50 mm, diametri 1,13 mm bo`lgan igna o`rnatiladi. Tayoqchaning og`irligi 110 g.
Asbobning tanasiga shkala va ko`rsatkichli harakatchan mil (strelka) o`rnatiladi. Ish boshlashdan avval tayoqchani shunday holatda o`rnatish kerakki, igna shisha plastina yuzasi bilan to`qnashganda mil shkalaning 0 ko`rsatkichini ko`rsatishi kerak. Gips va qumdan turli nisbatlarda tayyorlangan aralashmani kerakli miqdorini tarozida tortib olib, farfor kosachaga solib, ustiga suvdan gips aralashmasini kerakli quyuqlikda xamir tayyorlaydigan miqdorini asta-sekin 30 sekund davomida solib aralashtirib turiladi. Aralashma mayin va bir tekis bo`lgandan so`ng, shisha plastinka ustiga o`rnatilgan halqa ichiga solinadi. Gips xamirining ortiqcha qismi pichoq yordamida olinib, yuza tekislanadi. Halqadagi gips aralashmasiga ignani har 30 sekundda tushirilib turiladi. Gips bog`lanishining boshi deb igna shisha plastinagacha 0,5 mm yetmagan holati hisoblanadi. Bog`lanish tugashi deb igna yuzadan faqat 0.5 mm chuqurlikka tushish vaqtiga aytiladi.


Tayyorlanadigan aralashma tarkibi:

Qum(g)

Albaster (g)

Suv(ml)

5

15

5

15

5

5

10

10

5

Download 14.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling